mc.yandex.ruyandex
Firibgarlardan ogoh bo‘ling

Firibgarlardan ogoh bo‘ling! Bank kartalaringizni begona shaxslarga foydalanishga bermang

03 / 05 / 2024Qadrli mijozlar, hozirda bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik tuzoqlari turlari ko‘payib bormoqda. Bunda, xalqaro bank kartalari egalari o‘z nomiga ochilgan kartani ma'lum bir to‘lov evaziga yoki aldanib uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berishmoqda. 
So‘ngra ular quyidagicha aldovlar bilan insonlarning ishonchiga kirib, ularning pullarini o‘zlashtirmoqda:

  1. Firibgarlar jismoniy shaxsga telefon qilib, go‘yoki uni nomiga bojxona yoki pochtada tovar yuborilgani va agarda yukni rasmiylashtirish uchun ma'lum to‘lovni amalga oshirmasa yuk ortga qaytib ketishini aytishadi;
  2. Ayrim ishonuvchan fuqarolar bunga ishonib, to‘lovni qanday amalga oshirishni so‘raydi. Keyin, firibgarlar Hamkorbankda ochilgan VISA karta raqamini jo‘natib, bankning istalgan bank ofisi orqali kartaga pul kirim qilishni aytishadi;
  3. Mijoz tomonidan pul kirim qilingandan so‘ng, mablag‘lar tezlik bilan chet davlat bankomatlaridan yechib olinadi.


Yuqorida keltirilgan firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun bank kartalaringizni begona shaxslarga foydalanishga bermasligingizni so‘raymiz.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play