mc.yandex.ruyandex
Hamkorbank va ICD o‘rtasida shartnoma

"Hamkorbank" ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) o‘rtasida shartnoma imzolandi

01 / 05 / 2024"Hamkorbank" ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) o‘rtasida 30 mln AQSH dollari miqdoridagi islomiy moliyalashtirish liniyasi shartnomasi imzolandi.

Joriy yilning 27-30 aprel kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligi poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 2024-yilgi yillik yig‘ilishi va 50 yillik Oltin yubileyiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda "Hamkorbank" ATB Boshqaruv raisi B. Jo‘rayev boshchiligida delegatsiya ham ishtirok etdi. 

Islom taraqqiyot banki guruhining 2024-yilgi yillik anjumanida "Hamkorbank" ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (ICD) rahbarlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muzokaralari va 30 000 000 AQSh dollari miqdoridagi islomiy moliyalash liniyasining shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) bosh direktori "Hamkorbank" ATB bilan hamkorlik darajasini yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli uzoq muddatli hamkorlikka ishonch bildirdi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play