mc.yandex.ruyandex

“Yangi ish o‘rni” krediti

Oxirgi yangilanish sanasi: 08.05.2024


Yangi ish o‘rni tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlarini qo’llab quvvatlash uchun taqdim qilinadi.

Kreditlash shartlari

  • Kredit miqdori 3 (uch) mlrd so‘mgacha
  • Kredit muddati Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 36 oygacha;
    Asosiy vosita sotib olish uchun - 60 oygacha.
  • Imtiyozli davr Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 6 oygacha;
    Asosiy vosita sotib olish uchun - 12 oygacha.
  • Kredit valyutasi Milliy valyuta va xorijiy valyutada
  • Kredit foiz stavkasi Mijozlar segmentlari bo‘yicha amaldagi foiz stavkada


    Bunda, “Hamkorbank” ATB dan olgan oxirgi krediti bo‘yicha kredit to‘lovlarini to‘lov grafigidan kechiktirmasdan amalga oshirgan qarz oluvchilar uchun 1 foiz kamaytirish mumkin.

    Qarz oluvchi tomonidan yangi ish oʻrni yaratilganiga qarab kredit ajratilgandan so‘ng kredit foizlari faqat bir marotaba quyidagicha kamaytirilishi mumkin:

    Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
    3-5 tagacha doimiy yangi ish oʻrni yaratilsa 1 foiz (xorijiy valyutada 0,5 foiz) pasaytiriladi.

    Yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
    • 5-15 tagacha doimiy yangi ish oʻrni yaratsa  – 1 foiz (xorijiy valyutada 0.5 foiz) pasaytiriladi;
    • 15 tadan koʻp doimiy ish oʻrni yaratsa – 1,5 foiz (xorijiy valyutada 1 foiz) pasaytiriladi.
  • Kreditni so'ndirish shakli Oddiy, annuitet usulda
  • Ta'minoti Bankning kredit siyosati hamda ichki meʼyoriy hujjatlar talablari doirasida
Kredit siyosati hamda ichki meʼyoriy hujjatlar talablari doirasida quyidagilar:

- Buyurtmanoma (qarz oluvchilar kredit olish boʻyicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin);
- Kredit turiga asosan qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi koʻrsatilgan biznes-reja;
- Kredit turiga asosan qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno;
- Kredit taʼminoti turlaridan biri;
- Ishchilar soni to’g’risida ma’lumot (1-ilova);
- Loyihani tahlil qilish jarayonidan kelib chiqib boshqa hujjatlar.
Kredit siyosati hamda ichki meʼyoriy hujjatlar talablari doirasida

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%

QO'SHIMCHA ХARAJATLAR

So'm
So'm
So'm
So'm

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:




O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play