mc.yandex.ruyandex

Islomiy bank mahsulotlarini sotishni tashkil qilish bo‘yicha ekspertlar kengashi tarkibi


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.10.2023

Bankning ekspertlar kengashi Raisi:

  • Chet el fuqarosi Muhammad Ibrohim Essa

Bankning ekspertlar kengashi a’zolari:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi To‘ychiyev Abdumannob Jakbarovich
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Sultanov Dilshod Mirkamilovich
  • Bankning yuridik xizmati boshlig‘i Salidjanov Ilxamjon Adxamovich
  • Bankning Islomiy bank mahsulotlarini sotish guruhi rahbari Masabirov Yorbek Maxamadjonovich

Bankning ekspertlar kengashi kotibi:

  • Bankning Islomiy bank mahsulotlarini sotish guruhi bosh mutaxassisi Isaxodjiyev Baxtiyor Abdusalimovich
Ibrohim-Essa.png

Muftiy Muhammad Ibrohim Essa (Pokiston)


Islomiy bank ishi va takoful sohasida taniqli shariat olimi hisoblanadi.
U Karachidagi Jomiy Dorul Ulum “Darse Nizomiy” va “Taxassus fil ifta” (Islom huquqshunosligi bo‘yicha mutaxassislik) ni tamomlagan. Hozirda o‘qituvchi va Dorul Ifto Jomiah Dorul Ulum Karachi aʼzosi bo‘lib ishlaydi, turli mavzularda uch mingdan ortiq fatvo yozgan. Shuningdek, Habib Metropolitan Bank Limited va Khyber bankida Shariat Kengashi raisi - Zarai Taraqiyati banki Shariat kengashi aʼzosi hamdir. Shuningdek, bir qator milliy va xalqaro islomiy moliya institutlarining shariat maslahatchisi, jumladan Equitable Financial Solutions (Avstraliya), Shariah Scholar (Bahrayn), Shahid Afridi (Pokiston), Ethica Islom moliyasi instituti (AQSH), Artium Underwriters (London, Angliya), EFU Life Assurance Ltd, EFU General Insurance Ltd. va boshqalar.




Toychiyev-Abdumannob.png

To‘ychiyev Abdumannob Jakbarovich (Abdulmannon Abdulloh domla)


Abdulmannon Abdulloh Hindistonning Devband shahridagi Dorul-ulum oliygohida taʼlim olganlar. Ilm tarqatish borasida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmatullohi alayh va Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh tomonlaridan ijoza berilgan. Islom moliyasi bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega. Islom moliyasiga oid bir qator kitoblar muallifi, o‘z treninglarida 5 000 dan ortiq tadbirkorlarga islom moliyasi asoslari bo‘yicha dars berganlar.
Abdulmannon Abdulloh Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari boshchiligida ochilgan Islom.uz portalining Fiqh bo‘limini (Fiqh.uz) o‘n yildan ortiq boshqargan. Fiqh ilmiga oid yuzlab maqolalar yozganlar. Islom.uz portali qoshida ochilgan “Zikr ahlidan so‘rang” savol-javob ruknida 10 000dan ortiq savollarga javoblar berganlar.




Sultanov-Dilshod.png

Sultanov Dilshod Mirkamilovich


Moliya muassasalarini kredit reytingini baholash sohasida 15 yillik tajribaga ega. Islom moliyasi sohasida xalqaro meʼyorlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi AAOIFI tashkilotining SSAA (sertifikatlangan sharʼiy maslahatchi va auditor), CIPA (sertifikatlangan islomiy professional buxgalter) sertifikatini qo‘lga kiritgan. Assoodiq Consult ekspertlar kengashi aʼzosi.




Salidjanov-Ilxamjon.png


Salidjanov Ilxamjon Adxamovich


«Hamkorbank» ATBda 7 yillik ish tajribaga ega bo‘lib, hozirda bankning yuridik xizmati boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda.






Masabirov-Yorbek.png

Masabirov Yorbek Maxamadjonovich


“Hamkorbank” ATBda 19 yillik ish tajribaga ega bo‘lib, hozirda bankning Islomiy bank mahsulotlarini sotish guruhi rahbari sifatida ishlab kelmoqda.




Isaxodjiyev-Baxtiyor.png

Isaxodjiyev Baxtiyor Abdusalimovich


“Hamkorbank” ATBda 23 yillik ish tajribaga ega bo‘lib, hozirda bankning Islomiy bank mahsulotlarini sotish guruhi bosh mutaxassisi sifatida ishlab kelmoqda.






O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play