Internet / Mobile banking

Jismoniy shaxslar uchun masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi - bu, mobil telefon yoki internet orqali istalgan joydan o‘z xisob raqamini boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir. 

 

TIZIM IMKONIYATLARI:

  • Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
  • Internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;
  • Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya) amalga oshirish;
  • Iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir marotabalik to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar*;
  • Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish**;
  • Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
  • Omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
  • Onlayn Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish.
  • Byudjetga to'lovlar;
  • Ma'lumotlarni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish.

 

 

TIZIMNI O‘RNATISH VA FOYDALANISH

Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidan ikki xil usulda foydalanishlari mumkin: 

1. Tizimning INTERNET BANKING dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi qurilma orqali internet tarmog‘iga kirib, “Hamkorbank”ning www.hamkorbank.uz veb-saytidagi INTERNET BANKING tugmasi bosiladi va jismoniy shaxslar uchun "INTERNET BANKING" tizimiga kiriladi. 

2. Tizimning MOBILE BANKING dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi uyali aloqa telefoni orqali PlayMarket ilovalaridan "Hamkorbank Mobile" ( logo belgisiga ega) yuklab olinadi.

 

 

 

 

IZOH

* - Jismoniy shaxslar mobayl banking hisob raqamidan bir marotabalik to'lovlar uchun mablag'lar o'tkazilganda summadan 1.25% tashkil etadi;
** - Jismoniy shaxslar mobayl banking hisob raqamidan jismoniy shaxslar kreditlari to'lovi uchun mablag'lar o'tkazilganda summadan 0.5% tashkil etadi.

 

лого Play Market Mobile banking ilovasini "Google Play Market"dan ko‘chirib oling

 

QR-код Mobile Banking
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlariga ulaning va to‘lovlaringizni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Xizmat to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot olish uchun quyidagi telefoniga qo‘ng‘iroq qiling: 
0 800 1-200-200
 
(O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul)

Ilovani ko‘chirib olish uchun QR-kod