Pul o‘tkazmalari

«Hamkorbank» AТB jismoniy shaxslarga dunyoning istalgan nuqtasiga pul mablag’ini xorijiy valyutada o’tkazishga imkon beradi.

Bank «Western Union», «Anelik», «Contact», «IBA-Express», «Unistream», «Allyur», «Lider» va «Moneygram» tizimlarining qatnashchisi hisoblanadi va shu tufayli biz o’z mijozlarimizga yaqin qarindoshlari va oshna-og’aynilariga pullarni tez va arzon narxda o’tkazib berishlariga yordam berishimiz mumkin. 

Pul o’tkazmasini rasmiylashtirish bir necha daqiqa vaqt oladi xolos.


MoneyGram logo Western Union logo Lider logo
 MONEYGRAM WESTERN UNION LIDER
Contact logo Blizko logo IBA Express logo
KONTAKT BLIZKO  IBA-EXPRESS
Юнистрим logo Faster logo  
YUNISTRIM FASTER  

 

 

PUL O’TKAZMASINI AMALGA OSHIRISH JARAYONI

  • Siz bankning ixtiyoriy bo’limiga murojaat qilasiz;
  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz;
  • Pulni oluvchi odam Siz yuborgan pulni olishi mumkin bo’lgan mamlakat, shahar va bank bo’limini ko’rsatasiz;
  • Pul o’tkazmasi blankasini to’ldirasiz;
  • Pul o’tkazmasi miqdorini va komissiya pulini to’laysiz;
  • Pulni oluvchiga pul o’tkazmasi summasini va raqamini, shuningdek Siz tanlab olgan bank bo’limi raqamini xabar qilasiz.

 

PULNI OLISH UCHUN

  • Siz pulni jo’natayotgan odam ko’rsatgan «Hamkorbank» bo’limiga murojaat qilasiz;
  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz;
  • Bank xodimiga unikal raqamingizni va pul miqdorini aytasiz;
  • Pulingizni olasiz.

  

 

DIQQAT

Valyuta qonunchiligi bo’yicha rezident jismoniy shaxslar 1 bank ish kunida 5000 AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo'lmagan miqdorda xorijga pul jo’natishlari mumkin.