Iste’mol kreditlari – tez va qulay shartlarda

 

ISTE'MOL KREDITINING USTUNLIK TOMONLARI:

  • Boshlang‘ich badal talab etilmaydi;
  • Qulay foiz stavkalari;
  • Qulay kredit muddatlari;
  • Hujjatlar ro‘yxatining kamligi;
  • Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorning 3 bank ish kuni ichida hal qilinishi;
  • Hech qanday cheklovlarsiz va jarimalarsiz kreditni muddatidan oldin to‘liq yoki qisman qaytarish;
  • Jismoniy shaxslarning plastik kartalari yordamida kredit so‘ndirilishi mumkin. 

 

KREDIT MAQSADLI ISHLATILISH YO’NALISHLARI*


  • Uy jixozlari uchun (barcha turdagi mebellar, gilamlar, vanna, rakovina, pardalar va boshqalar);
  • Uy-ro'zg'or buyumlari (idish-tovoq, suvenir, xrustal va boshqalar);
  • Orgtexnika va maishiy buyumlar uchun (telefon, kompyuter, televizor, gaz plita, konditsioner, duxovka va boshqalar);
  • Davolanish xizmatlari (davolanish, tish qo'yish operatsiyalar va boshqalar uchun);
  • Sayoxat yoki sixatgox yo’llanmalarini sotib olish uchun (chet elga, O'zbekiston ichida barcha turdagi sayoxat yoki sixatgox yo'llanmalarni sotib olish uchun);
  • Qurilish mahsulotlari uchun (sement, shifer, bruschatka, gipsakarton, plastik va alyumin profillari, gips, alebastr, ohak, armatura, truba, kafel va boshqalar)**;
  • Tayyor qurilish mahsulotlari uchun (temir darvoza, panjara, eshik – romlar yog'och, alyumin, plastikdan yasalgan va boshqalar)**;
  • Ko'p qavatli xonadonlar va xovli joylarni pardozlash (remont) ishlari uchun**;
  • Xonadonga gaz, elektr, suv tushirish xizmatlari uchun;
  • To’y marosimlari va boshqa tadbirlarni (yubiley, tug'ilgan kunlar va boshqa tadbirlar) o'tkazish uchun;
  • Avtotransport vositalariga metan, propan gaz moslamalarini qo'yish xizmat to'lovlari uchun;
  • Avtotransport vositalarini ta'mirlanish xizmati to'lovlari uchun;
  • Zargarlik buyumlari sotib olish uchun;
  • Sport, fitnes anjomlari sotib olish uchun;
  • Chet elga borib kelish uchun avia va poezd chiptalarini sotib olish uchun;
  • Maxsus o'quv kurslarida o'qish uchun (xamshiralik, xaydovchilik, muqobil xizmat to'lovlariga, kelinlikka tayyorlash, chevarchilik, til o'rganish kurslari va boshqalar);
  • Kelin-kuyov liboslari, maneken va boshqa ashyolar ijarasi uchun;
  • Meditsina kolyaskalari va boshqa sog'likni tiklash anjomlari sotib olish uchun;
  • Barcha turdagi kiyimlarni sotib olish uchun;
  • Qonunda belgilangan boshqa maqsadlar uchun. 

 

IZOH

* - Kreditlar O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan tovarlar (hizmatlar) uchun ajratiladi.

** - Likvid garov asosida

 

 

KREDIT OLUVCHILARGA QO’YILGAN TALABLAR:

Kredit mehnatga layoqatli, doimiy ish joyiga ega va o'z faoliyati natijasida olingan daromadlarga hamda nafaqa va boshqa daromadlarga ega bo'lgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va O'zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga beriladi.

 

  • Mijoz yoshi - 20 dan 55 yoshgacha;
  • Oxirgi ish joyidagi ish staji 12 oydan kam bo‘lmasligi kerak;
  • Mijozning ishlash va yashash joyi Bank filiali joylashgan xududda bo‘lishi kerak.

 

 

KREDIT SHARTLARI:
   
KREDIT VALYUTASI:  Milliy valyuta (so'm);
   
KREDIT MIQDORI**: Eng kam oylik ish haqining (EKIH) 10 barobaridan 300 barobarigacha;
   
KREDIT MUDDATI:
  • 6 oydan 36 oy muddatgacha (EKIHning 100 barobarigacha);
  • 48 oy muddatgacha (EKIHning 300 barobarigacha).
   
BIR MAROTABALIK BANK KOMISSIYASI: Shartnomaga asosan
   
KREDIT AJRATISH SHAKLI: Pul o‘tkazish yo‘li bilan (naqdsiz);
   
KREDIT SO'NDIRISH SHAKLI: Annuitet (oyma-oy bir xilda) yoki oddiy usulda, naqd pulda yoki plastik karta bilan.
   
 FOIZ STAVKASI: Shartnomaga asosan
   
GAROV TA'MINOTI VA UNGA QO'YILGAN TALABLAR:

1. EKOIXning 50 baravarigacha bo'lgan iste'mol kreditlari uchun:

Doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega 1 (bir) nafar jismoniy shaxs kafilligi olinadi. Mazkur kafillik shartnomalari kafillik shartnomalari taraflardan birining talabiga ko'ra Davlat notarial idoralari tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Jismoniy shaxslar kafilligi faqat 1 (bir) nafar iste'mol krediti oluvchi shaxsga berilib, oylik daromad manbai oylik kredit va unga hisoblangan foiz to'lovlari uchun etarli bo'lishi shart. Kafillik shartnomasini imzolagan shaxsning kafilligi ushbu kredit to'liq so'ndirilmagunga qadar ikkinchi shaxs krediti uchun qabul qilinmaydi.

2. EKOIXning 50 baravaridan 300 baravarigacha bo'lgan iste’mol kreditlari uchun:

 

  • Ko'chmas mulk garovi (turar uy-joylardan tashqari); 
  • Transport vositalari garovi. (transport vositalari garovga olinayotganda u moddiy va ma'naviy eskirmagan bo'lishi lozim Garovga qabul qilinayotgan transport vositalari majburiy tartibda yul-transport xodisalaridan sug'u'rtalanishi zarur;
  • Tilla buyumlar yoki qimmatli kog'ozlar garovi. (Turmush o'rtog'ining garovga qo'yish uchun yozma roziligi olinishi lozim);
  • Depozit (omonat) mablag'lari garovi. (turmush o'rtog'ining garovga qo'yish uchun roziligi notarial tartibda olinishi shart);
  • Boshqa yuqori likvidli mulklar garovi;
  • Yuridik shaxs kafilligi. (bunda «Hamkorbank» ATB ning kredit siyosati bo'yicha kafilga qo'yilgan barcha talablar bajarilishi shart).

 

 

KERAKLI HUJJATLAR:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
  • Oila tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan ma'lumotnoma;
  • Asosiy va qo‘shimcha ish joyidan oxirgi 12 oy uchun hamma ushlanmalar chegirilgan ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma (STIR va ShJBP raqamlari ko‘rsatilgan holda);
  • Tovar sotib olish yoki ko‘rsatilgan xizmat to‘lovi uchun hisob-shartnoma;
  • Kafilning pasporti kopiyasi va ish joyidan oxirgi 12 oy uchun hamma ushlanmalar chegirilgan ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma (STIR va ShJBP raqamlari ko‘rsatilgan holda);
  • Kredit ta'minoti xujjatlari (EKIHning 50 barobaridan yuqori bo‘lgan kreditlar uchun).

 

IZOH

* Qurilish mollari sotib olish va uy-joylarni ta'mirlash xizmatlari uchun to‘lovlarga ajratiladigan iste’mol kreditlari uchun kredit summasidan qat’i nazar garov ta’minoti talab etiladi.
** Kredit miqdori qarz oluvchining moliyaviy holatidan kelib chiqib belgilanadi.

 

KREDITNI RASMIYLASHTIRISH

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

0-800-1-200-200

(O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul)