UNIONPAY INTERNATIONAL XALQARO PLASTIK KARTALARI

“Hamkorbank” ATB UnionPay International xalqaro to‘lov tizimining prinsipial a’zosidir.

UnionPay International China UnionPay xalqaro to‘lov tizimining sho’ba korxonasi hisoblanadi. UnionPay International tovar va xizmatlar uchun to‘lov hamda butun dunyo bo‘ylab bankomatlar yordamida naqd pul olish imkoniyatlarini yaratuvchi plastik kartadir.

Sotib olish jarayonini qulayligi
Offlayn do’konlaridan istalgan zahoti sotib olish amaliyotini bajarish uchun imkoniyat beruvchi dunyo bo’ylab eng keng qabul qilish shahobchalari mavjudligi.
Sotib olish jarayonlarini osonligi va havfsizligi
Sayohatlar davomida pul mablag’laringizdan havotir olmasligingiz uchun UnionPay kartalari dunyo talablariga to’liq javob beradigan havfsizlik tizimiga ega. Parolni tezkorlik bilan taqdim etish sotib olish jarayonini havfsizligini ta’minlaydi.


Hozirgi kunga kelib UnionPay International butun dunyo bo‘ylab plastik kartalarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi – 4,5 mlrd. ga yaqin karta mavjud. Janubi-sharqiy Osiyo va Xitoy hududida keng qamrovli xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining mavjudligi hamda qulay tariflar UnionPay International plastik kartasining o‘ziga hos hususiyatlari hisoblanadi. Sizni qiziqtirgan davlat bo'yicha UnionPay xalqaro plastik kartasini xizmat ko'rsatish shahobchalarini ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin. 

UnionPay karta egalariga UnionPay International doimiy tarzda karta qabul qiluvchi savdo shahobchalari bilan bog'liq bo'lgan aktsiyalar tashkil etib keladi. Havola orqali amal qiluvchi aksiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. 

 

UNIONPAY CLASSIC KARTALARINI MUOMALAGA CHIQARISH VA XIZMAT KO‘RSATISH
Kartalarni emissiya qilish 5 AQSh dollari*
Qo‘shimcha kartalarni emissiya qilish 5 AQSh dollari
Kartalar yo‘qotilganda yoki yaroqsiz holatga kelganda kartani qayta emissiya qilish 5 AQSh dollari
Kartalarni "Stop-list" ro‘yhatiga qo‘shish 30 AQSh dollari
Kartalarni "Stop-list" ro‘yhatidan chiqarish 20 AQSh dollari
Kartalarni vaqtinchalik blokirovka qilish 5 AQSh dollari
Kartalarni vaqtinchalik blokirovkadan chiqarish 5 AQSh dollari
Kartalar bo‘yicha limitlarni o‘zgartirish 10 AQSh dollari
KARTA HISOBVARAG'INI TO'LDIRISH
Naqd pulda Bepul
"Hamkorbank" ATB tizimida pul o‘tkazish orqali Bepul
Boshqa bankdan pul o‘tkazish orqali

Summadan 0,5%
(min. 5 AQSh dollari)

KARTALAR ORQALI MABLAG‘LAR BANK KASSASI YOKI BANKOMAT ORQALI NAQD CHIQIM QILINGANDA
Mablag‘lar "Hamkorbank"ATB bank kassalari yo‘ki bankomatlari orqali naqd chiqim qilinganda Bepul
Mablag‘lar boshqa bankning bank kassalari yoki bankomatlari orqali naqd chiqim qilinganda

Tranzaksiya summasidan 0,7%
(min. 2 AQSh dollari)

KARTALAR ORQALI SOTIB OLINGAN TOVAR VA KO‘RSATILGAN XIZMATLAR UCHUN TO‘LOVLAR AMALGA OSHIRILGANDA
Kartalardan sotib olingan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda

Tranzaksiya summasidan 0,4%
(min. 1 AQSh dollari)

Karta balansi bo‘yicha so‘rovnoma jo‘natish

Har bir tranzaksiyaga 0,3 AQSh dollari

KARTALAR BO‘YICHA KARTA EGALARIGA MA’LUMOT BERISH
Karta to‘g‘risida qat’iy hisobda turuvchi blankda ma’lumot taqdim qilish 10 AQSh dollari
Qoldiq mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot berish 10 AQSh dollari
Birinchi yil davomida karta hisobvarag‘ini yuritish uchun oylik to'lov Bepul
Ikkinchi yildan boshlab karta hisobvarag‘ini yuritish uchun oylik to‘lov 1 AQSh dollari
Karta hisobvarag‘ining minimal qoldig‘i 10 AQSh dollari

 

* - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha.