Qimmatli qog’ozlar

Qimmatli qog`ozlar – iqtisodiyotning samarali faoliyat yurutuvchi tarmoqlariga investorlar kapitalining oqimini ta`minlovchi, qimmatli qog`ozlar oldi-sotdisi amalga oshadigan ssuda kapitallari bozorining bir qismidir.

«Hamkorbank» ОАТB qimmatli qog`ozlar bozorida hamda Tovar – xom ashyo bozorida keng qo`lamda hizmat ko`rsatadi.

«Hamkorbank» ОАТB ning brokerlik idoralari «Тoshkent» Respublika fond birjasida (Brokerlik idora № 434) va O`zbek Tovar xomashyo birjasida (Brokerlik idora №  10362) akkraditatsiyadan o`tgan.

Brokerlik idora № 434 «Тoshkent» Respublika fond birjasida qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdisi, qimmatli qog`ozlar bozorida  konsultativ hizmatlar, yuridik va jismoniy shaxslarga o`rnatilgan tartibda birja va birjadan tashqari bozorda broker sifatida hizmat ko`rsatadi.

 

HIZMATLAR:
 
AKTSIYADORLIK JAMIYATLAR UCHUN HIZMATLAR:
  • «Тoshkent» Respublika fond birjasi orqali qimmatli qog`ozlarning birlamchi joylashtirish;
  • Anderrayting hizmatlari;
  • «Elsis-savdo» birjadadn tashqari bitimlar bo`yicha e`lonlar (buyurtmalar) qabul qilish;
  • Investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvi bo`yicha hizmatlar.
AKTSIYADORLAR VA INVEATORLAR (SOTIB OLUVCHILAR) UCHUN HIZMATLAR:
  • «Тoshkent» Respublika fond birjasi orqali o`zbek kompaniyalarining qimmatli qog`ozlari (aktsiya, obligatsiya)larini sotish;
  • «Тoshkent» Respublika fond birjasi orqali o`zbek kompaniyalarining qimmatli qog`ozlari (aktsiya, obligatsiya)larini sotib olish;
  • Qimmatli qog`ozlar muomalasi bo`yicha konsalting hizmatlari.


Brokerlik idora №10362 O`zbekiston Respublikasi Tovar - xomashyo birjasida tovar va xomashyo oldi-sotdisi bo`yicha brokerlik hizmatlar ko`rsatish va «O`zRTSB» savdo maydonida (SM №403) joy bilanta`minlash bo`yicha hizmat ko`rsatadi.


BROKERLIK IDORA №10362 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR - XOMASHYO BIRJASIDA MAVJUD BO`LGAN TOVAR VАXOMASHYOLAR SOTISH VA SOTIB OLISH BO`YICHA BROKERLIK HIZMATLAR KO`RSATADI, XUSUSAN:

  • Kaltsiylangan soda,
  • kaustik soda,
  • sement,
  • shifer,
  • polietilen granula,
  • suyultirilgan gaz,
  • dizel yoqilg`isi,
  • benzin,
  • ko`mir,
  • bitum,
  • rangli va kora metallar,
  • margarin,
  • mineral o`g`itlar,
  • import o`simlik va paxta moylari,
  • xo`jalik sovuni,
  • ishlab chiqarish va motor moylari.