Savdo terminallarini ijaraga berish

Ekvayring bank kartalari orqali tovarlar yoki xizmatlar uchun haq to’lash imkonini beradi. Bu bank kartalari orqali hisob-kitob qiladigan mijozlar tufayli korxonaning aylanma mablag’larini ko’paytirishning yaxshi usulidir. Bank kartasi egasi rejalashtirilmagan xaridlarga qo’l uradi, chunki u o’zidagi naqd pullarning imkoniyatlariga qaramay bank hisobidagi barcha mablag’laridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.

 

AFZALLIKLARI:

  • Тo’lovning turli shakllari tufayli korxonaning raqobatbardoshligi oshadi;
  • Yangi mijozlar – bank kartalari egalari hisobiga korxonaning aylanmalari ko’payadi;
  • Pul mablag’larini inkassatsiyasiga ketadigan harajatlar kamayadi;
  • Naqd pullarning aylanmasi bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik kamayadi. 

 

 

MIJOZLARGA TALAB

Davlat ro'yxatidan o'tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.

 

 

ASOSIY SHARTLAR:

 

  1. Yuridik shaxslarga terminalni ijaraga berish – 5 YeVRO (MB kursi buyicha);
  2. YaTT uchun terminal ijarasi – 2.5 YeVRO (MB kursi buyicha);
  3. To'lov terminalini ta'mirlab bulmaydigan darajada ishdan chiqarish yoki uni yo'qotish xollarida qo'llaniladigan jarima sanktsiyalari – To'lov terminalining qoldiq kiymati va 40 YeVRO jarima;
  4. Terminal savdo kartasi yo'qolganda terminal cheklar asosida summani tiklash – tiklangan summaga nisbatan 5%. 

 

 

TALAB ETILADIGAN ASOSIY HUJJATLAR:
  1. Aloqa xati;
  2. Bank bilan Mijoz o'rtasida terminallarga xizmat ko'rsatish bo'yicha tuzilgan shartnoma;
  3. Bank bilan Mijoz o'rtasida terminalni ijaraga berish bo'yicha tuzilgan shartnoma;
  4. Bank va Mijoz o'rtasida terminalni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi.

 

 

Chakana biznes departamentining plastik kartalar bo'limi:

Telefon:  +998 (74) 235-48-63