Internet Banking – o’z hisob raqamingizni masofadan turib boshqaring

Internet-banking – bu Sizga Internet orqali o’z bank hisob raqamingizni boshqarish imkonini beradi. Internet-banking texnologiyasi bilan to’la qonli ishlash uchun sizga Internet tarmog’iga ulangan kompyuter va Microsoft Internet Explorer brauzeri kerak bo’ladi.


INТERNEТ-BANKINGNING IMKONIYAТLARI:

  • Bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni jo’natish;
  • Ixtiyoriy davr uchun bankdagi barcha hisob raqamlari bo’yicha ko’chirmalar va hujjatlar olish;
  • Real vaqt rejimida bankdagi to’lov hujjatlari aylanishining barcha bosqichlarini nazorat qilish;
  • Хatoliklar to’g’risida tezkor ravishda ma’lumotga ega bo’lish;
  • Тurli bankdagi hisob raqamlari bilan bitta interfeysda ishlash;
  • Kiruvchi va chiquvchi to’lov hujjatlarini ko’rib chiqish va bosmadan chiqarish.

 

INТERNEТ-BANKING AFZALLIKLARI:

  • Ishlatishning soddaligi.
  • Internet orqali o’z hisoblaringizni boshqarish uchun hech qanday qo’shimcha bilimlar yoki malaka talab etilmaydi.
  • Foydalanish uchun qulay;
  • Bank to’lovlarini yoki operatsiyalarini amalga oshirishda vaqt tejamkorligi;
  • Hisob raqamlari holati, qoldig’i, pul harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati;
  • Bank ofisiga borish-kelish, navbatda turish hamda to’lov hujjatlarini rasmiylashtirish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarning oldi olinishi;
  • 24 saot davomida hoxlagan vaqtda o’z hisob raqamlari holatini doimiy nazoranga olish.


"Internet-banking" tizimiga kirish uchun siz apparat kalitga ega bo’lishingiz lozim. Sizga eng yaqin bo’lgan filialimizga murojaat eting.

 

KERAKLI HUJJATLAR

Foydalanish uchun qo'llanma

Internet banking tizimiga ulanish uchun ariza

Internet banking tizimidan foydalanish uchun shartnoma

Elektron kalit «I-key» dalolatnomasi