Xususiy tadbirkorlar uchun korporativ bank kartalari

 

 

Korporativ bank kartasi – bank tomonidan xususiy tadbirkorga berilgan kartadagi pul mablag'lari xisobidan tovar (ish, xizmat)larga naqd pulsiz shaklda tulovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi tulov kartasidir.

 

 

 

KORPORATIV KARTADAN FOYDALANISH YO'NALISHLARI:
Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan faqat uning bevosita ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko'rsatish va ishlarni bajarish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan quyidagi xarajatlari uchun to'lovlar amalga oshirilishi mumkin:
  • Xom-ashyo va materiallar (shu jumladan, qurilish materiallari), yarim fabrikatlar, furnitura, asbob-uskunalar sotib olish;
  • Kommunal to'lovlar (isitish, issik suv, ichimlik suvi, okova, elektr energiyasi, gaz va chiqindi uchun to'lovlar);
  • Ijara to'lovlari; soliq va boshqa majburiy to'lovlar;
  • Chakana savdo faoliyati bilan shugullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan axoliga naqd pulga sotish maqsadida xarid qilingan tovarlar uchun;
  • Joriy faoliyati bilan bog'liq boshqa xarajatlarni to'lash uchun.

 

 

 

MIJOZLARGA TALABLAR

Yuridik shaxs maqomiga ega bulmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

 

 

ASOSIY SHARTLAR:
  1. Korporativ bank kartasini emissiya qilish – 20 YeVRO (Markaziy bank kursi bo'yicha);
  2. Korporativ karta yo'qotilganda yoki shikastlanganda jarima to'lovi – 20 YeVRO (Markaziy bank kursi bo'yicha);
  3. Plastik kartochkani blokirovka xolatidan chiqarish – Bepul;
  4. Plastik kartochkani amal qilish muddatini uzaytirish - Bepul;
  5. SMS xizmatidan foydalanish – bepul.

 

 

TALAB ETILADIGAN ASOSIY HUJJATLAR:
  1. Aloqa xati;
  2. YaTT guvoxnomasi va pasport nusxasi;
  3. Bank bilan YaTT urtasida milliy valyutadagi korporativ bank kartasidan foydalanish bo'yicha shartnoma tuzish.