Korporativ mijozlar uchun kreditlar

Тo’plangan ko’p yillik tajriba «Hamkorbank»ka korporativ mijozlari uchun ularning ham muddati bo’yicha, ham kreditlash stavkasi bo’yicha talablarini maksimal darajada hisobga oladigan kredit mahsulotlarini taqdim etadi.

Har bitta kompaniyaning rivojlanishida o’z faoliyatini yanada kengaytirish va rentabellikni oshirish uchun ichki resurslar yetmay qoladigan payt bo’ladi. «Hamkorbank» katta va kichik biznes kompaniyalariga potensial qarz oluvchilarning talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan kredit mahsulotlar majmuasini taklif etadi.


KREDITLAR SHAKLLARI
  • Korporativ mijozlarni kreditlash.
  • Investitsion kreditlar.
  • Aylanma vositalarni to’ldirish uchun kreditlar.
  • Ish haqi uchun kreditlar.
  • korxonaning ustav fondiga investitsiyalar.
  • Lizingli operatsiyalar.
  • Savdoni moliyalashtirishi.
  • MFI liniyasi bo’yicha kreditlash.
  • Faktoring.
  • Bank kafolatlari.
  • Akkreditivlar.
  • Sinditsiyalashtirilgan kreditlash.
  • Kreditlashning boshqa ko’rinishlari.

 

 

Bank o'z mablag'lari xisobidan korporativ kreditlar

Kredit maqsadli ishlatilish yo'nalishlari:

  • Asosiy vositalar sotib olish uchun;
  • Asosiy vositalarni olib kelish va o'rnatish bilan bog'liq xarajatlarni, jumladan sug'urta to'lovlari, ro'yxatga olish bilan bog'liq to'lovlar, transport xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplash uchun;
  • Qurilish va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish uchun;
  • Asosiy fondlarni kengaytirish, jumladan infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash maqsadida;
  • Qonunda belgilangan tartibda boshqa maqsadlar uchun.

Qarz oluvchilar va ularga qo'yilgan talab:

Nizom jamg'armasi belgilangan tartibda va muddatda shakllangan, zarar ko'rib ishlamayotgan xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarga.

Kredit valyuta turi:

Milliy valyuta so'm va AQSh dollarida.

Kredit miqdori:

1-darajali bank kapitalining 25% gacha.

Kredit muddati:

  • Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 12 oydan 18 oygacha;
  • Asosiy vosita sotib olish uchun - 60 oygacha.

Imtiyozli davr:

  • Qisqa muddatli kreditlar bo'yicha 8 oygacha.
  • Uzoq muddali kreditlar bo'yicha 12 oygacha.

Kredit ajratish shakli:

Pul o'tkazish yo'li bilan.

Kredit foiz stavkasi:

Shartnomaga asosan.

Jarima foiz stavkasi:

Xar bir kech qolingan kun uchun 0,1%.

Kreditni so'ndirish tartibi:

Annuitet va loyixadan kelib chiqqan xolda boshqa shakllarda.

Kreditni qaytarish pul birligi:

Pul o'tkazish shaklida

Kredit rasmiylashtirish uchun komission to'lov:

Kelishuv asosida.

Mijozni loyixadagi ulushi, kamida:

Loyixa qiymatining kamida 25% miqdorida bo'lishi kerak. Ushbu ulush mijozga tegishli asosiy vositalar, aylanma mablag'lar va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi xam mumkin.

Garov ta'minoti:

125% dan kam bo'lmasligi kerak.
Garov ta'minoti turlari: ko'chmas mulk, transport vositasi va uskunalar, depozit mablag'i, bank yoki
sug'urta tashkilotlari kafolat xati, uchinchi shaxs kafilligi.

Kredit olish uchun kerakli xujjatlar:

Kredit olishdan maqsad, summasi va uning qancha muddatga so'ralayotganligi ko'rsatilgan, xamda garov mavzui yoritilgan kredit buyurtmanomasi;

  • Ta'sis xujjatlari (Nizomi, ta'sis shartnomasi, faoliyatni amalga oshirish bo'yicha berilgan guvoxnoma, litsenziya va boshqa xujjatlari) dan nusxalar va kredit olinishi yuzasidan mijozning tegishli vakolatli organi qarori;
  • Qarz oluvchining bank xisob varag'iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko'rsatilgan biznes-reja;
  • Moliyaviy xisobotlari (buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida xisobot (2-son shakl), debitorlik xamda kreditorlik qarzlari to'g'risida ma'lumotnoma (2a-son shakl), 90 kundan ziyod debitorlik xamda kreditorlik qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, pul oqimlari to'g'risida xisobot (4-son shakl) izoxlari bilan) mijozning yuridik maqomidan kelib chiqqan xolda, taqdim qilingan xisobotlarni soliq idorasiga topshirilganligini tasdiqlovchi belgi qo'yilgan xolda;
  • Garov ta'minoti xujjatlari;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa xujjatlar talab etilishi mumkin.