Xorijiy kredit liniyalari xisobidan kreditlar

 

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyixasi bo'yicha kreditlar

Loyixaning maqsad-moxiyati:

Loyixa 3 (uch) asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi:


1. Qozonxonalarni moderinizatsiya qilish, aralash energiya ishlab chiqarish uskunalardan foydalangan xolda yoqilg'ining boshqa turiga o'tish, energiya tejamkorligiga olib keluvchi xar qanday uskunalarni moliyalashtirish orqali energetika tizimiga investitsiyalar;
2. Mavjud uskuna, texnika va inshoatlarni moderinizatsiya qilish va almashtirish orqali qayta ishlash texnologiyalariga qilinadigan investitsiyalar;
3. Zararli chiqindilarni ajralib chiqishini inobatga olgan xolda, yoqilg'i chiqindilaridan foydalanishni nazarda tutuvchi ikkilamchi issiqlik manbai va chiqindilardan foydalanishga qaratilgan investitsiyalar;

Loyixa xisobidan mavjud yoki yangi tashkil qilingan korxonalarda yangi maxsulot turini ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni sotib olishni moliyalashtirishga yo'l qo'yilmaydi (korxonada mavjud eski uskunani energiya tejamkorligiga olib keluvchi yangisiga almashtirish xollari bundan mustasno).
Tayyorlanadigan loyixani kredit liniyasi xisobidan moliyalashtirish uchun, ushbu loyixa, rejalashtirilgan investitsiya xisobiga yiliga 20%dan kam bo'lmagan miqdorda energiya samaradorligiga erishilishini aks ettirishi lozim va bu xisob-kitoblar litsenziyali yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Qarz oluvchilar va ularga qo'yilgan talab:

Kredit liniya doirasida sanoat korxonalarini tanlab olishning asosiy mezonlari:

  • Kompaniya O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qoidalari talablari darajasida tashkil qilingan va faoliyat ko'rsatayotgan bo'lishi lozim;
  • Sanoat korxonasi (SK) bankning 10 % dan ortiq aktsiyasiga egalik qilmasligi kerak;
  • Bank SKning 10 % dan ortiq aktsiyasiga egalik qilmasligi kerak;
  • Oxirgi ikki yildagi faoliyati foyda bilan ishlayotgan bo'lishi lozim;
  • Faoliyatni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy, moliyaviy, kadrlar, boshqaruv tuzilmasi mavjud bo'lishi kerak;
  • O'z va qarz mablag'larining nisbati koeffisienti - 3 dan kam bo'lishi kerak, ya'ni qarz mablag'larining maksimal summasi 75%ni tashkil qilgan xollarda o'z mablag'larining minimum miqdori 25% dan kam bo'lmasligi kerak (kredit olish sanasiga va kredit ajratilganidan so'ng dastlabki 3 yil davomida);
  • kredit oluvchilar yillik energiyaga bulgan talabi miqdorini kamida 20% ga tejalishini ko'rsatib berishlari shart;
  • kredit oluvchilar kredit ajratilganidan so'ng kreditni so'ndirilishi davrida sof foyda va qarzga xizmat ko'rsatishning minimal nisbatini (foizlar va soliqlar to'langungacha bo'lgan foyda / foiz ko'rinishidagi xarajatlar) ta'minlay oladigan darajada foyda olinishini ta'minlashlari yoki ushbu nisbatni kamida 1,1:1 dan kam bo'lmasligini ta'minlashi lozim.

Kredit valyuta turi:

Milliy valyuta so'm yoki AQSh dollari.

Kredit miqdori:

Bir qarz oluvchiga 10 mln AQSh dollari yoki uning so'mdagi ekvivalentigacha.

Kredit muddati:

Loyixaning o'zini - o'zi qoplashidan kelib chikkan xolda, lekin 15 yildan uzoq bo'lmagan muddatga.

Kredit ajratish shakli:

Pul o'tkazish yo'li bilan.

Kredit foiz stavkasi:

Chet el valyutasidagi kreditlar


Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiya hisobidan:

  • Yillik = Libor (6 oylik) + 4.6 %.

Bank o’z mablag’lari hisobidan: 8%


Libor 15 fevral va 15 avgust kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi.
Milliy valyutada ajratilgan kreditlar foiz stavkasi shartnomaga asosan belgilanadi.

Jarima foiz stavkasi:

Har bir kech qolingan kun uchun 0,1%.

Imtiyozli davr:

5 yilgacha

Kredit rasmiylashtirish uchun komission to'lov:

1% dan kam bo'lmagan miqdorlarda.

Mijozni loyixadagi ulushi, kamida:

Loyixa qiymatining kamida 25% ni tashkil qilishi shart. Qarzdor o'z ulushi sifatida loyixani amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'ziga tegishli ko'chmas mulk, texnika-texnologiya, asosiy vositalar, pul mablag'lari, aylanma mablag'lar ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Garov ta'minoti:

125% dan kam bo'lmasligi kerak.

Garov ta'minoti turlari: ko'char va ko'chmas mulk, depozit mablag'i, bank yoki sug'urta tashkilotlari kafolat xati, uchinchi shaxs kafilligi.

 

Korporativ mijozlar uchun Gollandiya taraqqiyot bankining ("FMO") kredit liniyasi mablag'lari bo'yicha kreditlar

Kredit maqsadli ishlatilish yo'nalishlari:

Biznesni rivojlantirish va kengaytirish maqsadida aylanma mabag' va asosiy vositalarni sotib olish, qurilish - rekonstruktsiya ishlari, investitsiya loyixalari.

Qarz oluvchining mulkchilik shakli:

Xususiy mulkchilik.

Qarz oluvchining sektori:

Ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, transport, savdo, turizm va xizmat ko'rsatish.

Qarz oluvchining aktivlari va savdo aylanmalariga qo'yilgan talablar:

Qarzdor quyidagi miqdorlarda aktivlarga va savdo aylanmalariga ega bo'lishi kerak (aktivlarni xisoblashda mavjud bank krediti va binolar xisobga olinmaydi):

1. Kichik korxonalar - aktivlari 3 000 000 AQSh dollarining so'm ekvivalentidan ortiq bo'lmasligi va/yoki yillik savdo aylanmasi 3 000 000 AQSh dollarining so'm ekvivalenti miqdorigacha bo'lishi kerak.

2. O'rta korxonalar - aktivlari 15 000 000 AQSh dollarining so'm ekvivalentidan ortiq bo'lmasligi va/yoki yillik savdo aylanmasi 15 000 000 AQSh dollarining so'm ekvivalenti miqdorigacha bo'lishi kerak.

Ishchilar soni:

Qarz oluvchining korxonasida ishlayotgan ishchilar soniga qo'yilgan eng ko'p chegara:

1. Kichik korxona - 50 ta.
2. Boshqa korxona - 300 ta.

Kredit valyuta turi:

Milliy valyuta so'm va AQSh dollari.

Kredit miqdori:

Qarz oluvchilarga beriladigan kredit summasining eng ko'p chegarasi:

1. Kichik korxonalarga - 100 000 AQSh dollari.
2. Boshqa korxonalarga - 1 000 000 AQSh dollari.

Kredit muddati:

1. Investitsion maqsadlarga - kreditni oxirgi qaytarish sanasi 2017 yil oktyabr oyidan ortib ketmasligi kerak.
2. Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 18 oygacha.

Kredit ajratish shakli:

Pul o'tkazish yo'li bilan.

Kredit foiz stavkasi:

  • Xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo'yicha yillik libor (6 oylik) +8 % va undan yuqori. 
  • Milliy valyutada ajratilgan kredit bo'yicha yillik 18 foizdan boshlab.

Libor 10 aprel va 10 oktyabr kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi.

Jarima foiz stavkasi:

Xar bir kech qolingan kun uchun 0,1%.

Imtiyozli davr:

12 oygacha.

Kreditni so'ndirish tartibi:

Xisoblangan foizlar xar oyda.
Asosiy qarz to'lovi xar olti oyda (loyixadan kelib chiqib boshqacha tartibda so'ndirish grafigi belgilanishi mumkin).

Kreditni qaytarish pul birligi:

Qaysi valyuta birligida ajratilgan bo'lsa, ushbu valyutada qaytariladi. Agar valyuta xisob raqamida ushbu xorijiy valyutada mablag'i mavjud bo'lmagan taqdirda, qaytarish jadvaliga asosan muddati kelgan qarzdorlik summalari bankning roziligi bilan to'lov kunidagi Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada so'ndirilishi mumkin.

Kredit rasmiylashtirish uchun komission to'lov:

Kamida 1%.

Mijozni loyixadagi ulushi, kamida:

Kamida 25%.

Garov ta'minoti:

125% dan kam bo'lmasligi kerak.

Garov ta'minoti turlari: ko'char va ko'chmas mulk, depozit mablag'i, bank yoki sug'urta tashkilotlari kafolat xati, uchinchi shaxs kafilligi.

Kredit olish uchun kerakli xujjatlar:

Yuridik shaxslar kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma) ga qo'shimcha quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:
  • Korxona Nizomi va ta'sis xujjatlari nusxasi;
  • Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tganligi uchun guvoxnoma nusxasi;
  • Litsenziya talab qiladigan faoliyat turi bo'lsa litsenziya nusxasi;
  • Korxona raxbari va bosh buxgalteri pasport nusxalari; 
  • Oxirgi moliya yili uchun moliyaviy xisobot nusxasi;
  • Texnik iqtisodiy asos - Biznes reja;
  • Garov ta'minoti xujjatlari;
  • Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa xujjatlar talab etilishi mumkin.

Boshqa shartlar:

1. Mazkur kredit liniyasi xisobidan tovarlar xarid qilish, ishlar va xizmatlar ko'rsatish uchun
qarz oluvchi mustaqil tartibda bir nechta yetkazib beruvchilardan to'g'ridan-to'g'ri tijorat takliflari olishi shart.

2. Kreditni muddatidan oldin so'ndirmoqchi bo'lsa, so'ndiriladigan kredit qarzi qaysi valyuta birligida ajratilgan bo'lsa ushbu valyuta birligida so'ndiriladi.