Kichik biznes uchun kreditlar – katta biznes masalalarini echimi

 

 

 

KICHIK KREDITNING USTUNLIK TOMONLARI:

  • Har qanday biznes maqsadlar uchun kredit ajratilishi;
  • Qulay kredit shartlari va tariflar;
  • Kreditlash muddatining uzoqligi;
  • Arizalarning tez ko‘rib chiqilishi;
  • Garov mulklarini baholashda mustaqil baholovchi dalolatnomasining talab etilmasligi; 
  • Garov mulklari bank xodimlari tomonidan bepul baholanadi; 
  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan mijozlar uchun keyingi kredit olishlarida qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

  

 

MIJOZLARGA QO'YILGAN TALABLAR

O'zbekiston Respublikasi rezidenti xisoblangan to'lovga qobiliyatli kichik biznes sub'ektlari

 

 

KREDITLASH SHARTLARI:
   
KREDIT MIQDORI: EKIX ning 1000 barobaridan 750 mln. so'mgacha;
   
KREDIT MUDDATI: - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 18 oygacha,
- Asosiy vositalar sotib olish va investitsion loyihalarni moliyalashtirish - 48 oygacha;
   
IMTIYOZLI DAVR: 12 oygacha;
   
KREDIT VALYUTASI SHAKLI: Milliy valyuta va AQSh dollarida;
   
KREDIT FOIZ STAVKASI: Shartnomaga asosan;
   
KREDIT AJRATISH SHAKLI: Naqdsiz shaklda, pul o'tkazish yo'li bilan;
   
KREDITNI SO'NDIRISH SHAKLI: Annuitet (oyma-oy bir xildagi to‘lovlar) yoki loyihadan kelib chiqib boshqa shakllarda belgilanishi mumkin;
   
MIJOZNING LOYIXADAGI ULUSHI: Eng kamida 30%, ya’ni qarz oluvchi o‘z ulushi sifatida aylanma mablag‘lari, mulklari, uskunalari bilan qatnashishi mumkin.

 

 

 

 KREDIT TA'MINOTI TURLARI:

  • Trasport vositalari;
  • Ko‘chmas mulklar;
  • Uskunalar;
  • Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlar;
  • Bank yoki sug'urta tashkiloti kafolat xati;
  • Boshqa likvidli mulklar.

 

 

KERAKLI HUJJATLAR:

Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan kichik biznes sub'ektlari kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma)ga qo'shimcha quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Korxona Nizomi va ta'sis xujjatlari nusxasi;
  • Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tganligi uchun guvoxnoma nusxasi;
  • Litsenziya talab qiladigan faoliyat turi bo'lsa litsenziya nusxasi;
  • Oxirgi moliya yili uchun moliyaviy xisobot (balans, moliyaviy natijalar to'g'risidagi xisobot, debitor-kreditor qarzdorliklari to'g'risidagi ma'lumotnoma) nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati xamda pul oqimi prognozi ko'rsatilgan Biznes reja;
  • Garov ta'minoti xujjatlari;
  • Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa xujjatlar talab etilishi mumkin.

 

KREDITNI RASMIYLASHTIRISH

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200

(O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul)