Bank tо‘g‘risida

Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻz faoliyatini dastlab Andijon shahrida boshlagan bank 25 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 209 ta xizmat koʻrsatish shoxobchalariga ega boʻlib, 32 ta filial, 158 ta mini-bank, 19 ta toʻlovlar qabul qilish punktlari shular jumlasidandir. Shuningdek, bank 8 ta shu’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.

Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining  real sektorini  kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi.

Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotgani Bank ishonchliligi va barqarorligi koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik  bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonch tobora oʻshib borayotgani dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Gollandiya banki (FMO) tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.

Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.

Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.