mc.yandex.ruyandex
Chargeback haqida

​"Chargeback" haqida nimalarni bilasiz?

14 / 12 / 2023Hurmatli mijozlar, bugun yurtimiz tadbirkorlari uchun tobora ko‘proq muammo bo‘lib borayotgan naqdsiz hisob-kitoblar sohasidagi firibgarlikning yangi turi haqida ma'lumotlarni sizga yetkazmoqchimiz.

"Chargeback" nima?

"Chargeback" — bu xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali karta egasi tomonidan bank kartasi bo‘yicha operatsiyani rad etish va bekor qilish tartibi.

Bu qanday amalga oshiriladi?

Tadbirkor xaridorning kartasidan mahsulot yoki xizmat uchun o‘z hisob raqamiga pul o‘tkazadi. Keyinchalik, karta egasi bunday operatsiyani bajarmaganligini da'vo qilib, pulni qaytarishni talab qiladi. Agar tadbirkor buning aksini isbotlay olmasa, bank mablag‘larni karta egasiga qaytaradi.

Bunday holatlarni oldini olish uchun tadbirkorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:
  1. Terminalni har kuni inkassa qilish va to‘lov cheklarini saqlash;
  2. Videokuzatuv kameralari yozuvlarini bir muddat saqlash;
  3. Amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlash uchun cheklarni va natijalarni nazorat qilib borish.


Ushbu tavsiyalar tadbirkorlarga firibgarlardan bir qadam oldinda bo‘lishga va biznesni noqonuniy harakatlardan himoya qilishga yordam beradi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play