mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

10 / 11 / 2023Joriy yilning 10 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, fuqaro N.H.N. shikastlangan 100 AQSh dollari nominalidagi banknotani ayirboshlash maqsadida Navoiy shahrida joylashgan “Hamkorbank” ATBning Navoiy mintaqaviy bank xizmatlari ofisi Valyuta ayirboshlash shaxobchasiga murojaat qilgani hamda ushbu banknota bank xodimlari tomonidan ayirboshlab bеrilmagani haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.

Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko'ra, murojaatchi olib kelgan banknotada shikastlanish darajasi yuqori bo’lgan va shu sababli banknotani haqiqiyligini tekshirish imkoni bo’lmagan. Bank xodimlari o’z navbatida banknotani haqiqiyligini aniqlash uchun banknota emitent bankka yuborilishini mijozga ma’lum qilishgan.

Ushbu holatda banknota haqiqiyligi emitent bank tomonidan tasdiqlangandan va ushbu nominaldagi shikastlanmagan  banknotaga almashtirilgandan so’ng valyutani ayirboshlash mumkin.

Ushbu masalada mijoz bilan qayta qo’ng’iroq orqali gaplashildi va tegishli ma’lumotlar yetkazildi. Mijoz uchbu masalada boshqa bankka murojaat qilganligi va banknotani ekspertizaga yuborish uchun ariza berganligini ma’lum qildi. Hozirda mijozning bankka nisbatan e’tirozi mavjud emas.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play