mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

02 / 06 / 2023

Joriy yilning 1 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlardagi Telegram kanallarining birida, “Hamkorbank” ATB Nodirabegim universal BXO  mijozi - “NOBEL TRADE ONE” MCHJ ning hisob raqami asossiz bloklanganligi to'g'risida e'lon qilingan xabar yuzasidan.


“NOBEL TRADE ONE” MCHJ hisob raqami 2019 yil 23 dekabrda Nodirabegim universal BXOda ochilgan bo'lib, ushbu yil yanvar oyida faoliyatiga to’g’ri kelmaydigan nomutanosib amaliyotlarni amalga oshira boshlaganligi bois, 26 yanvar kuni mijozga bajarilayotgan operatsiyalar, ya’ni, hisob raqamga kelib tushayotgan, undan chiqarilayotgan mablag’lar o’zaro bog’lanmagani, qolaversa, keskin farq qilayotganligi haqida aytilgan. Ushbu holatlar yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjati “TIJORAT BANKLARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATISHNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA”gi 23.05.2017 yil kungi 2886-qarorning tegishli bandlariga ko’ra izoh so’ralgan va tegishli hujjatlar taqdim etilishi so’ralgan. Mijozdan 5 oy davomida hech qanday xabar bo’lmagani va hech qanday hujjat taqdim qilmagani sababli, hisob raqam vaqtincha bloklangan.

01.06.2023 yil kuni mijoz hisob raqamini boshqa bankka olib o’tgan.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play