Rasmiy munosabat
03 / 06 / 2023Joriy yilning 2 iyun kuni “Tik-tok” ijtimoiy tarmog’ida Andijon viloyati Asaka shahridagi Hamkorbank bankomatlarida naqd pul mablag‘lari mavjud emas, deya tarqatilgan xabar yuzasidan.
Asaka shahrining 24/7, o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish shaxobchasida joylashtirilgan bankomatlarda, e'londa nazarda tutilgan sanada naqd pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan, lekin kunning birinchi yarmida vaqtinchalik texnik nosozlik sababli, bankomat bilan vaqtinchalik pulni naqdlashtirish imkoniyati bo'lmagan. Biroq texnik nosozlik qisqa vaqt - o’sha kunning o’zida bartaraf etilgan.
Ayni paytlarda barcha bankomatlar to‘liq naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlangan bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.