mc.yandex.ruyandex
Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

03 / 08 / 2023

Joriy yilning 3 avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, “Hamkorbank” ATB "Termiz" mintaqaviy BXO xodimlari ish vaqti bo'lishiga qaramasdan, o'z joylarida emasligi, barcha bank xizmatlari (kassa, pul o‘tkazmalari va hok.) ni atigi ikki nafar xodim ko‘rsatayotganligi, shu sababdan, aholi navbati ortib ketgani, qolavesa, bino qarshisidagi tabloda valyuta kurslari noto’g’ri ekanligi to‘g‘risida e'lon qilingan xabar yuzasidan. 


Olib borilgan surishtiruv natijalariga ko'ra, birgina xodim mehnat ta’tilida va qolgan barcha xodimlar ish joyida ekanligi aniqlandi.  Ta’kidlab o’tish joizki, ushbu ofis xodimlari “Mijozlarga xizmat ko’rsatish” standartlaridan chetga chiqmagan holda, barcha mijozlarga navbat asosida xizmat ko’rsatishadi. Bankning kuzatuv kameralari buning yaqqol isbotidir. Shuningdek, elektron tabloda yangilanmay qolgan valyuta kurslariga-texnik nosozlik sababdir va endilikda bu holat o’z vaqtida bartaraf etildi. 


Hozirda ushbu ofis xodimlari tomonidan mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish davom etmoqda.



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play