mc.yandex.ruyandex
Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

05 / 07 / 2023

Joriy yilning 4 iyul kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, “Hamkorbank” ATB “Shahrixon” universal BXO da mijozlar soni ko’pligi va ularga yetarli darajada sharoitlar yaratilmaganligi to'g'risida e'lon qilingan xabar yuzasidan.


Ma’lumki, yurtimizda “Qurbon Hayiti” munosabati bilan 5 kunlik dam olish kunlari e’lon qilindi. Bayram kunlaridan so’ng, bu holat ilk ish kunlari (03-04.07.2023 y.) da aholining bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirib, o’z navbatida, bank ofislarida aholi navbatlarining keskin ko’payishiga olib keldi. Biroq bank xodimlari ushbu vaziyatda ichki tartib-qoidalar va mijozlarga xizmat ko’rsatish standartlariga rioya qilgan holda ish olib bordilar.  Ushbu xabar tarqatilgan kunning ikkinchi yarmidanoq, “Shahrixon” universal BXO mijozlariga xabarda ta`kidlanganidek holatda navbat kutishga xojat qolmadi. 


Hozirda “Shahrixon” universal BXO aholiga tez va sifatli xizmat ko’rsatishda davom etmoqda.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play