mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATB 30 yillik yubileyi munosabati bilan OAV xodimlari va blogerlar uchun matbuot anjumani

27 / 08 / 2021

Bugun, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida сhet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv a’zolari ishtirok etishdi.

2021-yil avgust oyida сhet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligiga 30 yil to‘ldi. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e’lon qilingan kun — 1991-yilning 31-avgust kuni Andijon shahrida nodavlat aksiyadorlik tijorat banki sifatida faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunga kelib bank Respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 46 ta filialiga, shuningdek, mijozlarga yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida, respublikaning chekka shahar va tumanlarida ham 100 dan ortiq “Bank xizmatlari ofislari”ga ega. Shuningdek, bank bo‘linmalarida hamda Respublika shahar markazlarining aholi gavjum joylarida 130 dan ortiq 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyat yuritmoqda. Aynan bankning 30 yilligi arafasida — sentyabr oyida 47-filial – bankning Mirobod filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.

Matbuot anjumani davomida “Hamkorbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Jasurbek Xasanov tomonidan bank uchun uning xalqaro moliya bozorida tan olinishi muhim ahamiyatga egaligi alohida ta’kidlandi: “2000-yilda bank Respublikada birinchilardan bo‘lib xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazgan. Asosiy maqsad – xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi nufuzli moliya institutlariga bank “ochiq”ligini namoyon etish, ularni jalb etish. Natijada 2001-yili Xalqaro moliya korporasiyasi (IFC) Hamkorbankga davlat kafolatisiz kredit liniyasini taqdim etdi. Ushbu kredit liniya mablag‘lari xususiy sektorni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. IFC bilan namunali hamkorlik ko‘plab boshqa nufuzli xalqaro moliya institutlarining bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Natijada o‘sha yilning o‘zida Jahon banki hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga kelib bank 20 ga yaqin xalqaro moliya institutlari va to‘lov tizimlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.”

db19dacbd5ae60e7d5be9.jpg

Hamkorbank yillar davomida chet el kapitali ishtirokidagi bank sifatida e’tibor qozondi. Ushbu jarayon 2010-yilda boshlangan — Xalqaro Moliya Korporasiyasi Hamkorbank aksiyadori bo‘ldi. 2014-yilda Gollandiya Taraqqiyot Banki (FMO) Bankning ikkinchi xorijiy aksiyadoriga aylandi va Hamkorbank chet el kapitali ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘ldi. Aynan shu yildan Osiyo Taraqqiyot Banki, Germaniya Taraqqiyot Banki, Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va Islom Xususiy Sektorni Rivojlantirish Korporatsiyasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018-yilda esa “ResponsAbility Investments” xalqaro investitsion kompaniyasi ham bankning aksiyadorlari qatoriga qo‘shildi.

Hamkorbank 30 yil davomida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tezkor sur’atlar bilan o‘sish hisobiga bank tizimidagi o‘z o‘rnini doimiy mustahkamlashga erishdi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Hamkorbank mamlakatimizning TOP-10 banklar qatoriga kiruvchi davlat ulushi bo‘lmagan bankdir. Bank aktivlari oxirgi 5 yilda 2,8 barobar, kredit portfelining salmog‘i 3,4 barobar, depozit portfelining salmog‘i 1,4 barobarga, bank kapitalining salmog‘i esa 3,8 barobar o‘sishiga erishdi.

Bank har bir mijozga individual yondashib, ularga xizmat ko‘rsatishda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslanadi hamda “Birgalikda yuksalish sari” shiori ostida faoliyat olib bormoqda. Bank bugungi kunda 1 mln 600 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga hamda 40 mingga yaqin yuridik mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Hamkorbank 30 yil davomida o‘z tarmoqlarini respublika hududlari bo‘yicha kengaytirish bilan birga o‘z jamoasini ham kengaytirdi. Faoliyatini 15 kishi bilan boshlagan bankda bugunga kelib Respublika bo‘ylab bank ofislarida 3 350 nafar xodimlar samarali mehnat qilmoqda.

138dd4e2b628b71806d66.jpg

Oxirgi yillar davomida ham bank ko‘plab yutuqlarga erishdi, shuningdek, bir qator sohalarda yetakchi bank deb tan olindi. Jumladan:

• 2018-yil iyun oyida Hamkorbank va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marta London fond birjasida 10 mln AQSH dollari ekvivalentidagi “Samarqand” deb nomlangan obligatsiya joylashtirdi. Ushbu obligatsiyalar realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar kichik va o‘rta biznesni kreditlashni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

• Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2020-yil davomida moliyaviy xizmatlar taklif etish ko‘rsatkichi bo‘yicha reytingida Hamkorbank 1-o‘rin bilan taqdirlandi;

• O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan “Yil brendi 2020” tanlovida Hamkorbank Respublika banklari ichida 1-o‘rinni egalladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu e’tirof butun O‘zbekiston bo‘yicha bank xizmati iste’molchilari tomonidan onlayn ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari J. Xasanov bankning istiqboldagi rejalari haqida so‘z yuritar ekan, Hamkorbank kelgusi 5 yillikda raqamli bank xizmatlarini joriy qilish orqali Respublika chakana bank xizmatlari bozorini rivojlantirish, bank ofislari tarmoqlari va biznes jarayonlarini optimallashtirish orqali bank faoliyatining samaradorligini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ishlar yanada takomillashtirilishiga alohida urg‘u berdi.

Hamkorbankning asosiy missiyasi – ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari hamda xizmatlarini ko‘rsatish orqali mijozlarning talablarini maksimal darajada qondirishdir. Hamkorbank – mijozlari uchun eng yaxshi hamkor, xodimlari uchun eng yaxshi ish beruvchi tashkilot hamda aksiyadorlar uchun eng yaxshi sarmoya manbai bo‘lishga intiladi.


Удобный контроль за своими средствами

Бесплатные переводы
до 5 000 000 сум
в приложении HAMKOR

app-store google-play
 Управляйте несколькими картами одновременно

Оформите бесплатную
доставку карты HUMO

app-store google-play
Оформляйте и управляйте вкладами в режиме онлайн

Получите фискальный чек
на каждый платеж или перевод

app-store google-play
Оплачивайте услуги не выходя из дома или офиса

Оформите бесплатно карту
VISA Classic в приложении

app-store google-play