mc.yandex.ruyandex

Hamkorbank - 30 yoshda

2021 yil 31 avgust kuni Chet-el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligiga 30 yil to‘ldi. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e’lon qilingan kun - 1991 yilning 31 avgust kuni Andijon shaxrida nodavlat aktsiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan.


Bugungi kunga kelib bank Respublikaning barcha xududlarida faoliyat yuritayotgan 46 ta filialiga, shuningdek, mijozlarga yanada yakinrok bo‘lish maqsadida respublikaning chekka shaxar va tumanlarda ham 100 dan ortiq “Bank xizmatlari ofislari”ga ega. Shuningdek, bank bo‘linmalarida hamda Respublika shahar markazlarining aholi gavjum joylarida 130 dan ortiq 24 / 7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyat yuritmoqda. Aynan bankning 30 yilligi arafasida - sentyabr oyida 47 chi filial - banking Mirobod filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.


Bank xayotidagi yorqin hodisa va yutuqlar ichida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 2000 yilda bank Respublikada birinchilardan bo‘lib xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazgan. Asosiy maqsad - xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi nufuzli moliya institutlariga bank “ochiq”ligini namoyon etish, ularni jalb etish. Natijada 2001 yili Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Hamkorbankga davlat kafolatisiz kredit liniyasini taqdim etdi. Ushbu kredit liniya mablag‘lari xususiy sektorni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. IFC bilan namunali hamkorlik ko‘plab boshqa nufuzli xalqaro moliya institutlarining bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Natijada o‘sha yilning o‘zida Jaxon banki hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga kelib bank 20 ga yaqin xalqaro moliya institutlari va to‘lov tizimlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.


Hamkorbank yillar davomida chet el kapitali ishtirokidagi bank sifatida e’tibor qozondi. Ushbu jarayon 2010 yilda boshlangan - Xalqaro Moliya Korporatsiyasi Hamkorbank aktsiyadori bo‘ldi. 2014 yilda Gollandiya Taraqqiyot Banki (FMO) Bankning ikkinchi xorijiy aktsiyadoriga aylandi va Hamkorbank chet el kapitali ishtirokidagi bank maqomiga ega bo‘ldi. Aynan shu yildan Osiyo Taraqqiyot Banki, Germaniya Taraqqiyot Banki, Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va Islom Xususiy Sektorni Rivojlantirish Korporatsiyasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018 yilda esa “ResponsAbility Investments” xalqaro investitsion kompaniyasi ham bankning aktsiyadorlari qatoriga qo‘shildi.


Hamkorbank 30 yil davomida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tezkor sur’atlar bilan o‘sish hisobiga bank tizimidagi o‘z o‘rnini doimiy mustahkamlashga erishdi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Hamkorbank mamlakatimizning TOP-10 banklar qatoriga kiruvchi davlat ulushi bo‘lmagan bankdir. Bank aktivlari oxirgi 5 yilda 2,8 barobar, kredit portfelining salmog‘i 3,4 barobar, depozit portfelining salmog‘i 1,4 barobarga, bank kapitalining salmog‘i esa 3,8 barobar o‘sishiga erishdi.


Bank har bir mijozga individual yondashib, ularga xizmat ko‘rsatishda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli xamkorlik tamoyillariga asoslanadi xamda “Birgalikda yuksalish sari” shiori ostida faoliyat olib bormokda. Bank bugungi kunda 1 mln 600 mingdan ortiq  jismoniy shaxslarga hamda 40 mingga yaqin yuridik mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


Hamkorbank 30 yil davomida o‘z tarmoqlarini respublika hududlari bo‘yicha kengaytirish bilan birga o‘z jamoasini ham kengaytirdi. Faoliyatini 15 kishi bilan boshlagan bankda bugunga kelib Respublika bo‘ylab bank ofislarida 3 350 nafar xodimlar samarali mehnat qilmoqda.


Oxirgi yillar davomida ham bank ko‘plab yutuqlarga erishdi, shuningdek, bir qator sohalarda yetakchi bank deb tan olindi. Jumladan:

• 2018 yil iyun oyida Hamkorbank va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marta London fond birjasida 10 mln AKSh dollari ekvivalentidagi “Samarkand” deb nomlangan obligatsiya joylashtirdi. Ushbu obligatsiyalar realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar kichik va o‘rta biznesni kreditlashni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

• Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining  2020 yil davomida moliyaviy xizmatlar taklif etish ko‘rsatkichi bo‘yicha reytingida Hamkorbank 1-o‘rin bilan taqdirladi;

• O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan “Yil brendi 2020” tanlovida Hamkorbank Respublika banklari ichida 1 - o‘rinni egalladi. E’tiborli jixati shundaki, ushbu e’tirof butun O‘zbekiston bo‘yicha bank xizmati iste’molchilari tomonidan on-layn ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.


Bankning yaqin istiqboldagi rejalarida raqamli bank xizmatlarini joriy qilish orqali Respublika chakana bank xizmatlari bozorini rivojlantirish, bank ofislari tarmoqlari va biznes jarayonlarini optimallashtirish orqali bank faoliyatining samaradorligini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ishlar yanada takomillashtirilish vazifalari belgilangan.


Hamkorbankning asosiy missiyasi - ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va tehnologik bank mahsulotlari hamda xizmatlarini ko‘rsatish orqali mijozlarning talablarini maksimal qondirishdir. Hamkorbank - mijozlari uchun eng yaxshi hamkor, xodimlari uchun eng yaxshi ish beruvchi tashkilot hamda aktsiyadorlar uchun eng yaxshi sarmoya manbai bo‘lishga intiladi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play