Osiyo taraqqyot bankining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish kredit liniyasi

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.02.2019 09:28


Kreditlash shartlari

  • Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi Kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash
  • Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish sohasi Sanoat, transport, qishloq xo’jaligi va savdo
  • Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal miqdori Qarz oluvchilarga beriladigan kredit summasining eng yuqori chegarasi 300 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda
  • Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 12 oygacha
    Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun -  60 oygacha
    Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun -  12 oygacha
  • Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz stavkasi LIBOR + 8 % va undan yuqori

    LIBOR 15 may va 15 noyabr kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi
  • Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr Aylanma mablag'larni to'ldirishga – 8 oygacha

    Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga – 12 oygacha
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi Kamida 25%
  • Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati OTBga a'zo mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu mamlakatlardan yetkazib beriladigan bo'lishi kerak
  • Garov ta'minoti Kredit summasining 125% dan kam bo'lmasligi kerak.

Boshqa shartlar

Mijoz kredit mablag'ini investitsion faoliyat uchun olayotganda, eng kamida 2 ta mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi sub'ektlarning tijorat takliflarini taqdim qilishi lozim.


Qarz oluvchilar kredit liniya shartlariga asosan himoya choralari to'g'risidagi talablarga muvofiq bo'lishi va atrof-muhit muhofazasi, sog'likni saqlash hamda xavfsizlik yuzasidan qonunchilik shartlariga mos kelishi, shuningdek respublikamizdagi ijtimoiy himoya qoidalariga javob berishi kerak (3-4 ilovalar)

Muhim! Xorijiy valyuta kursining o'zgarishi kreditni so’ndirish bo'yicha to'lov miqdoriga ta'sir qilishi mumkin.

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%

ДОПОЛНИТЕЛЬНЫЕ РАСХОДЫ

Сум
Сум
Сум
Сум
* Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul


HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.