Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Depozit yacheykalari – qimmatliklaringizni havsizligi

"Hamkorbank" ATB yuridik va jismoniy shaxslarga yangi bank xizmat turi - depozit yacheykalarini taqdim etadi. Depozit yacheykalarida ishga doir hujjatlarni, qimmatli qog‘ozlarni, pul mablag‘larini, zargarlik buyumlarini, san’at asarlarini va noyob buyumlarni, axborot tashuvchi elektron manbalarni va, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keladigan boshqa qimmatliklarni saqlash mumkin.

Dunyo bo‘ylab millionlab ishbilarmon odamlar o‘zlarining qimmatli buyumlarini banklardagi depozit yacheykalarda saqlab kelishadi. Mehnat ta’tiliga chiqqan, xizmat safariga ketayotgan yoki shunchaki xonadoningizda mavjud bo‘lgan qimmatliklarning saqlanishidan xavotir olgan hollarda Siz bankimizdagi depozit yacheykalaridan foydalanishingiz mumkin.

Bankning depozit yacheykalari saqlanadigan ombor yacheyka ichida saqlanayotgan narsalarning to‘laligicha daxlsizligini ta’minlovchi, dunyo talab va standartlariga to‘laligicha javob beradigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bank yacheykalarining ijaraga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutilishini ta’minlaydi hamda qimmatlikni yacheykaga joylashtirishda joylashtirilayotgan buyumlarning ro‘yxati tuzilmaydi. Mijoz qimmatliklar bilan ishlarni o‘zi mustaqil tarzda amalga oshiradi. 

"Hamkorbank" ATB individual depozit yacheykalari - qulay, ishonchli hamda maxfiylik garovidir.

 

 

Bank seyflari (depozit yacheykalari)dan foydalanish bo‘yicha bank tariflari (QQS bilan)

 

Seyf turi, hajmi (мм)

Kunlik to‘lov

Oylik to‘lov

1

74х306х600

2 000

20 000

2

126х306х600

2 500

28 000

3

256х306х600

3 500

42 000

 


Izoh: Depozit yacheykalaridan foydalanish davomida mijoz qulf kalitini yo‘qotganligi yoki yacheykaga zarar yetkazganligi uchun - 50 AQSh dollari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha) va qulfni qayta tiklash hamda yacheykani ta‘mirlash bilan bog‘liq xarajatlar miqdorida jarima undiriladi.