Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Internet / Mobile Banking “Hamkor Mobile” – tez va qulay

Jismoniy shaxslar uchun masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi - bu, mobil telefon yoki internet orqali istalgan joydan o‘z xisob raqamini boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir. 

 

TIZIM IMKONIYATLARI:

  • Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
  • Internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;
  • Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya) amalga oshirish;
  • Iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir marotabalik to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar*;
  • Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish**;
  • Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
  • Omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
  • Onlayn Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish.
  • Byudjetga to'lovlar;
  • Mablag'larni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish***.

 

Oferta shartnomasi

 

 

TIZIMNI O‘RNATISH VA FOYDALANISH

Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidan ikki xil usulda foydalanishlari mumkin: 

1. Tizimning INTERNET BANKING dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi qurilma orqali internet tarmog‘iga kirib, “Hamkorbank”ning www.hamkorbank.uz veb-saytidagi INTERNET BANKING tugmasi bosiladi va jismoniy shaxslar uchun "INTERNET BANKING" tizimiga kiriladi. 

2. Tizimning MOBILE BANKING dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi uyali aloqa telefoni orqali PlayMarket ilovalaridan "Hamkorbank Mobile" ( logo belgisiga ega) yuklab olinadi.

 

 

 

 

Mobil banking xizmati oylik abonent to'lovi Bepul
Jismoniy shaxslar Mobil banking hisobvarag'idan bir marotabalik to'lovlar uchun mablag'lar o'tkazilganda, summadan 1,25%
Jismoniy shaxslar Mobil banking hisobvarag'idan Hamkorbank tizimida jismoniy shaxslarning kreditlari uchun to'lov o'tkazilganda, har bir o'tkazilgan summadan 0,5%
Bir jismoniy shaxsning Mobil banking hisobvarag'idan boshqa jismoniy shaxsning mobayl banking hisobvarag'iga o'tkazilganda, har bir o'tkazilgan summadan 1,0%
Jismoniy shaxsning Mobil banking hisobvarag'idan o'zining plastik karta hisobvarag'iga mablag' o'tkazish Bepul
Jismoniy shaxsning plastik karta hisobvarag'idan o'zining mobayl banking hisobvarag'iga mablag' o'tkazish Bepul
Mobayl banking xisobvarag'iga naqd pulda, omonat yoki plastik karta xisobvarag'i orqali Mobil bankning xisobvarag'iga mablag' kirim qilish Bepul
"Paynet" tizimi orqali o'tkazilayotgan to'lovlar (mobil aloqa, kommunal xizmatlar, internet, uy telefon aloqasi, IP telefoniya, kabel televideniyasi va boshqalar). Bepul
Plastik karta xisobvarag'idan boshqa plastik karta xisobvarag'iga "Kontaktsiz" mablag' o'tkazilganda, har bir o'tkazilgan summadan:
0 - 25,0 mln. so'mgacha 1,0%
25,0 mln. - 40,0 mln. so'mgacha 0,75%
40,0 mln. so'mdan yuqori 0,6%
Mobil bankning xisobvarag'idan Byudjet tashkilotlari (o'qish, harbiy xizmat, bog'cha, maktab va boshqalar) xisobiga to'lovlar o'tkazilganda, har bir o'tkazilgan summadan 1,25%
Jismoniy shaxslar uchun ajratilgan tijorat bank kreditlarini so'ndirish uchun mablag' o'tkazish 0,6%

 

 

Ilovasini ko‘chirib oling:
лого Play Market лого AppStore

 

 

QR-код Mobile Banking
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlariga ulaning va to‘lovlaringizni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Xizmat to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot olish uchun quyidagi telefoniga qo‘ng‘iroq qiling: 
0 800 1-200-200
 
(O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul)

Ilovani ko‘chirib olish uchun QR-kod