Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Ipoteka kreditlari

Ipoteka krediti – bu uy-joy sotib olish uchun mo'ljallangan kredit turi.

 

KREDIT SHARTLARI:
   
KREDIT MIQDORI:  200 mln. so'mgacha;
   
KREDIT MUDDATI:  5 yilgacha;
   
BOSHLANG'ICH TO'LOVI:  kamida 25%;
   
KREDITNING FOIZ STAVKASI:  24%.

 

 

KERAKLI HUJJATLAR:

 

  • Qarz oluvchi va aloqador (birgalikda) qarz oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • Qarz oluvchining yashash joyidan oilasi tarkibi xaqida ma'lumotnoma; (birgalikda qarz oluvchi bo'lsa uning ham oilasi tarkibi to'g'risidagi ma'lumotnoma olinadi);
  • Sotib olinayotgan uy-joyning yoki kvartiraning qiymati xaridor (qarz oluvchi) tomonidan o'z mablag'lari va kredit hisobidan amalga oshirilishini ko'zda tutuvchi sotuvchi va xaridor (qarz oluvchi) o'rtasida imzolangan uy-joy oldi-sotdisi shartnomasi (birlamchi) ; uy-joy oldi-sotdisi to'g'risidagi dastlabki shartnoma (ikkilamchi);
  • Qarz oluvchi, aloqador (birgalikda qarz oluvchi) va u bilan birga yashaydigan oila a'zolarining daromadlari to'g'risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo'lganda) berilgan ma'lumotnomalar yoki qarz oluvchi (va birgalikda qarz oluvchi) va oila a'zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to'g'risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
  • Qarz oluvchi nomiga ochilgan maqsadli omonat hisob raqamiga sotib olinayotgan uy-joy yoki kvartira qiymatining kamida 25 foiz miqdoridagi pul mablag'lari qo'yilganligi to'g'risidagi bank ma'lumotnomasi;
  • Yy-joyning yoki kvartiraning kadastr hujjatlari hamda sotuvchining egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;(ikkilamchi)
  • Sotib olinayotgan uy-joyning yaqin yillarda buzilishi yoki buzilmasligi to'g'risida «Yer tuzish va ko'chmas mulk kadastr» Davlat korxonasining bo'linmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (shtamp bilan ro'yxatga olingan, rahbar imzosi va gerbli yumaloq muhr bilan tasdiqlangan) ma'lumotnomasi. (ikkilamchi)

 

 

 

 

KREDITNI RASMIYLASHTIRISH

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

0-800-1-200-200

(O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul)