Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Overdraft kreditlari

Overdraft – bu vaqtinchalik pul mablag'lariga extiyoji mavjud bo'lgan jismoniy shaxslar uchun kredit turidir. 

 

OVERDRAFT KREDITLARINI USTUNLIK TOMONLARI:

  • Istalgan tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
  • Plastik kartadagi mablag'lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirish;
  • Foiz stavkalar va muddatlar bo'yicha qulay shartlar;
  • Tez rasmiylashtirish va xujjatlar bo'yicha minimal talablar;
  • Overdraft uchun foizlar butun ajratilgan limitga emas, faqat kredit doirasida ishlatilgan mablag'larga hisoblanadi.

 

KIM OVERDRAFT KREDITINI OLISHI MUMKIN:

Overdraft kreditlari “Hamkorbank” ATB korporativ mijozlarining ishchi xodimlariga taqdim etiladi.

 

 

KREDIT SHARTLARI:
   
KREDIT VALYUTASI:  Milliy valyuta (so'm);
   
KREDIT MIQDORI: Kredit oluvchining o'rtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha bo'lgan miqdorda;
   
KREDIT MUDDATI: 12 oy;
   
KREDIT AJRATISH SHAKLI: Kredit oluvchining plastik kartasiga limit qo'yish orqali;
   
KREDIT SO'NDIRISH SHAKLI: Kredit oluvchining plastik kartasiga tushgan oylik maoshi yoki boshqa daromadlari hisobidan mablag' kelib tushgan kunning o'zida avtomat ravishda so'ndiriladi. Shuningdek bankdagi karta hisob raqamiga naqd pul topshirilishi orqali so'ndirilishi ham mumkin.
   
 YILLIK FOIZ STAVKASI: 36%
   
GAROV TA'MINOTI VA UNGA QO'YILGAN TALABLAR:

Bank, yuridik shaxs (korporativ mijoz) va mijoz o'rtasida uch tomonlama tuzilgan kafillik shartnomasi.