Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Omonatlar – foizlari baland va muddatlari qulay

Biz Sizga qulay shartlar bilan jamg’armalaringizni bank omonatlariga joylashtirishingizni taklif etamiz: so’mda, AQSh dollarida va YeVROda.

Muddatlari va foizli stavkalari bo’yicha maqbul bo’lgan omonatlar Sizga barqaror daromad olishga va ertangi kunga ishonch bilan qarashga imkon beradi. Bizning bank omonatlari lineykamiz Sizning imkoniyatlaringizga qarab qulay omonat turini tanlab olish imkonini yaratadi.

«Hamkorbank» jismoniy shahslarning omonatlarini majburiy tarzda sug’urtalash lozim bo’lgan tizimga kiruvchi banklar reestriga kiradi – bu esa omonatlaringizning saqlanib qolishining yana bitta kafolatidir.


 

Omonat xisobvarag'i ochish bepul
Omonat hisobvarag'iga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag'larni kirim qilish bepul
Bosh bank va filial xodimlarining ish xaqi va unga tenglashtirilgan to'lovlari, mukofot pullari, moddiy yordam, pensiya hamda safar xarajatlari uchun kelib tushgan mablag'larni omonatdan naqd pulda chiqim qilish bepul
Boshqa tijorat bankdagi omonat yoki plastik karta xisobvarag'idan kelib tushgan mablag'larni muddatli yoki jamgarma omonatlarda kamida 3(uch) oy saqlangandan so'ng naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o'tkazish bepul
Omonatga naqd pulda kirim qilingan pul mablag'larni naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o'tkazish bepul
Filial mijozlarining kredit xisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag'larni omonatdan naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o'tkazish bepul
Bir filialda ochilgan omonat yoki plastik karta xisobvarag'idan kelib tushgan mablag'larni naqd pulda chiqim qilish bepul
Boshqa tijorat bankdagi omonat yoki plastik karta xisobvarag'idan kelib tushgan mablag'larni naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o'tkazish 0,5%
Omonat xisobvarag'iga naqd pulsiz shaklda kirim qilingan boshqa maqsaddagi barcha mablag'larni naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o'tkazish 0,5%
Mijozning arizasiga asosan omonat mablag'larini boshqa bankka o'tkazish 0,5%
Omonat yoki plastik karta xisobvarag'iga kelib tushgan aliment to'lovlarini naqd pulda chiqim qilish bepul
Jismoniy shaxslar tomonidan boshqa bir martalik to'lovlarni amalga oshirish Hamkorbank tizimida - Bepul,
Boshqa banklarga - 0,5 %
Yangi ochilgan omonat xisobvaraqlari uchun, yozuv satrlari to'lgan, yaroqsiz holga kelgan omonat daftarcha o'rniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish bepul
Yo'qotilgan omonat daftarcha o'rniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish EKIOXning 10% miqdorida
Omonatchi yoki uning qonuniy vakiliga omonat xisobvarag'i to'g'risida yozma ma'lumot berish EKIOXning 10% miqdorida
Arxivda saklanayotgan xujjatlar bo'yicha omonatchining qonuniy vakili yoki merosxo'rlarini yozma talabnomasiga asosan yozma ma'lumotnoma berish EKIOXning 10% miqdorida
Filialda mavjud omonatlarni Hamkorbank ATB filiallari tomonidan ajratilgan kredit uchun garovga olinganda, garovga olingan omonat miqdoriga nisbatan (Garovga olingan omonatni qayta rasmiylashtirish bundan mustasno. Valyuta omonatlari Markaziy bank kursi bo'yicha so'm ekvivalentida xisoblanadi) 0,5%
Oylik va unga tenglashtirilgan to'lovlarni naqd pulda berish bepul
Homiylik maqsadida kelib tushgan mablag'larni naqd pulda berish 0,1%
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tugatilishi natijasida kelib tushgan mablag'larni naqd pulda berish 2%
Yuridik shaxslardan yoki boshqa banklardan naqd pulsiz kelib tushgan boshqa maqsaddagi mablag'larni naqd pulda berish 1%
Ipoteka krediti orqali sotilgan uylar uchun kelib tushgan mablag'larni naqd pulda berish 2%
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga bog'liq bo'lmagan naqd pulsiz daromadlarini naqd pulda berish 2%
Sud ijrosi muassasasi tomonidan ijro talabnomasiga asosan kelib tushgan mablag'larni naqd pulda berish 0,5%
Sud qarori ijrosi natijasida kelib tushgan garov pullarini naqd pulda berish 0,5%
Boshqa maqsadlarda naqd pulsiz kelib tushgan mablag'larni, shu jumladan, omonat hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag'larni naqd pulda berish 2,0%