Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Xorijiy kredit liniyalari xisobidan kreditlar

 

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyixasi bo'yicha kreditlar

Loyixaning maqsad-moxiyati:

Loyixa 3 (uch) asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi:


1. Qozonxonalarni moderinizatsiya qilish, aralash energiya ishlab chiqarish uskunalardan foydalangan xolda yoqilg'ining boshqa turiga o'tish, energiya tejamkorligiga olib keluvchi xar qanday uskunalarni moliyalashtirish orqali energetika tizimiga investitsiyalar;
2. Mavjud uskuna, texnika va inshoatlarni moderinizatsiya qilish va almashtirish orqali qayta ishlash texnologiyalariga qilinadigan investitsiyalar;
3. Zararli chiqindilarni ajralib chiqishini inobatga olgan xolda, yoqilg'i chiqindilaridan foydalanishni nazarda tutuvchi ikkilamchi issiqlik manbai va chiqindilardan foydalanishga qaratilgan investitsiyalar;

Loyixa xisobidan mavjud yoki yangi tashkil qilingan korxonalarda yangi maxsulot turini ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni sotib olishni moliyalashtirishga yo'l qo'yilmaydi (korxonada mavjud eski uskunani energiya tejamkorligiga olib keluvchi yangisiga almashtirish xollari bundan mustasno).
Tayyorlanadigan loyixani kredit liniyasi xisobidan moliyalashtirish uchun, ushbu loyixa, rejalashtirilgan investitsiya xisobiga yiliga 20%dan kam bo'lmagan miqdorda energiya samaradorligiga erishilishini aks ettirishi lozim va bu xisob-kitoblar litsenziyali yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Qarz oluvchilar va ularga qo'yilgan talab:

Kredit liniya doirasida sanoat korxonalarini tanlab olishning asosiy mezonlari:

  • Kompaniya O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qoidalari talablari darajasida tashkil qilingan va faoliyat ko'rsatayotgan bo'lishi lozim;
  • Sanoat korxonasi (SK) bankning 10 % dan ortiq aktsiyasiga egalik qilmasligi kerak;
  • Bank SKning 10 % dan ortiq aktsiyasiga egalik qilmasligi kerak;
  • Oxirgi ikki yildagi faoliyati foyda bilan ishlayotgan bo'lishi lozim;
  • Faoliyatni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy, moliyaviy, kadrlar, boshqaruv tuzilmasi mavjud bo'lishi kerak;
  • O'z va qarz mablag'larining nisbati koeffisienti - 3 dan kam bo'lishi kerak, ya'ni qarz mablag'larining maksimal summasi 75%ni tashkil qilgan xollarda o'z mablag'larining minimum miqdori 25% dan kam bo'lmasligi kerak (kredit olish sanasiga va kredit ajratilganidan so'ng dastlabki 3 yil davomida);
  • kredit oluvchilar yillik energiyaga bulgan talabi miqdorini kamida 20% ga tejalishini ko'rsatib berishlari shart;
  • kredit oluvchilar kredit ajratilganidan so'ng kreditni so'ndirilishi davrida sof foyda va qarzga xizmat ko'rsatishning minimal nisbatini (foizlar va soliqlar to'langungacha bo'lgan foyda / foiz ko'rinishidagi xarajatlar) ta'minlay oladigan darajada foyda olinishini ta'minlashlari yoki ushbu nisbatni kamida 1,1:1 dan kam bo'lmasligini ta'minlashi lozim.

Kredit valyuta turi:

Milliy valyuta so'm yoki AQSh dollari.

Kredit miqdori:

Bir qarz oluvchiga 10 mln AQSh dollari yoki uning so'mdagi ekvivalentigacha.

Kredit muddati:

Loyixaning o'zini - o'zi qoplashidan kelib chikkan xolda, lekin 15 yildan uzoq bo'lmagan muddatga.

Kredit ajratish shakli:

Pul o'tkazish yo'li bilan.

Kredit foiz stavkasi:

Chet el valyutasidagi kreditlar


Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiya hisobidan:

  • Yillik = Libor (6 oylik) + 5 %.

Bank o’z mablag’lari hisobidan: Libor (6 oylik) + 6 % va undan yuqori.


Libor 15 may va 15 noyabr kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi.
Milliy valyutada ajratilgan kreditlar foiz stavkasi shartnomaga asosan belgilanadi.

Jarima foiz stavkasi:

Har bir kech qolingan kun uchun 0,1%.

Imtiyozli davr:

5 yilgacha

Mijozni loyixadagi ulushi, kamida:

Loyixa qiymatining kamida 25% ni tashkil qilishi shart. Qarzdor o'z ulushi sifatida loyixani amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'ziga tegishli ko'chmas mulk, texnika-texnologiya, asosiy vositalar, pul mablag'lari, aylanma mablag'lar ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Garov ta'minoti:

125% dan kam bo'lmasligi kerak.

Garov ta'minoti turlari: ko'char va ko'chmas mulk, depozit mablag'i, bank yoki sug'urta tashkilotlari kafolat xati, uchinchi shaxs kafilligi.

 

Kichik biznes sub'ektlarini loyihalarini moliyalashtirish «YeTTB» kredit liniyasi

Kreditlash sub'ektlari:

O'zbekiston Respublikasi hududida o'z faoliyatini amalga oshiradigan/oshirayotgan hamda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan tadbirkorlik sub'ektlari: 

  • Mikro korxona ishchilar soni 9 tagacha va yillik aylanmasi 2 mln Yevrogacha bo'lgan;
  • Kichik korxona ishchilar soni 49 tagacha va yillik aylanmasi 10 mln Yevrogacha bo'lgan;
  • O'rta korxona ishchilar soni 249 tagacha va yillik aylanmasi 50 mln Yevrogacha bo'lgan korxonalar.

 

Kredit miqdori:

1 000 000 AQSh dollarigacha, milliy valyuta so’m ekvivalentida.

Yillik foiz stavkasi:

Shartnomasi asosida

Kredit maqsadi:

  • Aylanma mablag'larini to'ldirish;
  • Asosiy vositalarni sotib olish.

Kredit muddati:

  • Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 18 oygacha;
  • Asosiy vositalarni sotib olish uchun 32 oygacha (kredit qaytarishning oxirgi muddati 2020 yil 21 dekabrdan oshmasligi shart)

Imtiyozli davr:

  • Aylanma mablag'larni to'ldirishga – 8 oygacha;
  • Asosiy vositalarni sotib olishga – 12 oygacha.

Kredit ajratish usuli:

Pul o'tkazish yo'li bilan.

So'ndirish tartibi:

Imtiyozli davr tugagandan so'ng, oddiy yoki annuitet to'lov usulida har oyda bir marotaba to'lab boriladi. Loyihadan kelib chiqib, boshqacha tartibda so'ndirish jadvali belgilanishi mumkin.

Mijozni loyixadagi ulushi:

Kamida 25%

Ta'minoti turi:

Kredit siyosatida belgilangan ta'minot turlari.

Kredit ajratilishi va so'ndirilishi valyuta birligi:

Milliy valyuta so'mda

Quyidagi faoliyatlar uchun moliyalashtirish mumkin emas:

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki bank Kredit siyosatiga zid faoliyat turlarini moliyalashtirish uchun;
  • O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga asosan mehnat muhofazasi qoidalariga to'la rioya qilishi, jumladan ish joyida mehnat muhofazasi normalari, bolalar mehnatidan foydalanmaslik, ishchilarga nisbatan diskriminatsiyaga yo'l qo'ymaslik, majburiy mehnat;
  • Spekulyativ xarakterga ega bo'lgan faoliyat turlarini moliyalashtirish uchun;
  • Moliya itstitutlarini;
  • Tamaki va spirtli maxsulotlar ishlab chiqarish va ularning savdosi uchun;
  • Biznes faoliyatida foydalanilmaydigan ko'chmas mulk sotib olishga;
  • Qimmatli qog'ozlar investitsiyasi uchun;
  • Paxtani qayta ishlash va bu bilan bog'lik barcha faoliyat turlari xamda undan chiqqan maxsulotlar savdosi uchun;
  • «Hamkorbank» ATB va YeTTB Ekologiya tartibida taqiqlangan faoliyat turlariga;

 

Kredit olish uchun:

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:
0-800-1-200-200 
(O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul).

 

Osiyo taraqqyot bankining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish kredit liniyasi

Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi:

Kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash 

Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish sohasi:

Sanoat, transport, qishloq xo’jaligi va savdo

Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal miqdori:

Qarz oluvchilarga beriladigan kredit summasining eng yuqori chegarasi 300 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda.

Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati:

  • Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 18 oygacha;
  • Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun -  60 oygacha.
  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun -  24 oygacha;

Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz stavkasi:

LIBOR + 8 % va undan yuqori.

LIBOR 15 may va 15 noyabr kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi.

Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr:

  • Aylanma mablag'larni to'ldirishga – 8 oygacha;
  • Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga – 12 oygacha.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi:

Kamida 25%

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati:

OTBga a'zo mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu mamlakatlardan yetkazib beriladigan bo'lishi kerak.

Boshqa shartlar:

Mijoz kredit mablag'ini investitsion faoliyat uchun olayotganda, eng kamida 2 ta mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi sub'ektlarning tijorat takliflarini taqdim qilishi lozim.

Qarz oluvchilar kredit liniya shartlariga asosan himoya choralari to'g'risidagi talablarga muvofiq bo'lishi va atrof-muhit muhofazasi, sog'likni saqlash hamda xavfsizlik yuzasidan qonunchilik shartlariga mos kelishi, shuningdek respublikamizdagi ijtimoiy himoya qoidalariga javob berishi kerak (3-4 ilovalar). 

Kredit olish uchun:

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:
0-800-1-200-200 
(O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul).

 

“Bog'dorchilik tarmog'ida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” Osiyo Taraqqiyot Bankining kredit liniyasi

Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi:

O'zbekiston Respublikasining barcha xududlarida joylashgan fermer va agrobiznes mijozlarini qo'llab-quvvatlash.

Bog'dorchilik bilan bog'lik sohalarga, shu jumladan: bog'dorchilik sohasida ishlab chiqarish, issiqxonalar tashkil etish, qishloq xo'jaligi texnikalarini sotib olish, bog'dorchilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va muzlatish hamda boshqa o'rta va uzoq muddatga faqat investitsion maqsadlar uchun ajatiladi.

Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi:

Qarz oluvchilarga beriladigan kredit summasining eng yuqori chegarasi 5 000 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda.

Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati:

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 7 yildan 10 yilgacha.

Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz stavkasi:

5,5%

Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr:

Amalga oshirirlayotgan loyixaning xususiyatidan kelib chiqqan xolda eng kamida 2 yilgacha

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi:

Kamida 25%

Boshqa shartlar:

Qarzdorlikka xizmat ko'rsatish koeffitsienti (DSR) = Mijozni sof foydasi / Kreditni tani va foziiga (1,2 dan kam bo'lmagan miqdorda bo'lishi kerak). Loyixaning xususiyatidan kelib chiqib Agrokredit (Clara taxlili) yoki J-USBP tahlillari amalga oshirilishi kerak.

Kredit olish uchun:

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:
0-800-1-200-200 
(O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul).

 

“Triple Jump” kredit liniyasi

Kredit liniyasi mablag’larini yo’naltirish sohasi:

Qonunchilikka asosan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari

Kredit liniyasi mablag'larining yo'naltirish maqsadi:

Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun

Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi:

25 000 yevro

Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati:

38 oygacha

(Kreditni oxirgi qaytarish sanasi 15.04.2027)

Yillik foiz stavkasi:

Shartnomada belgilangan shartlar asosida

Loyiha bo'yicha beriladigan imtiyozli davr:

12 oygacha- Asosiy vosita sotib olish uchun

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi:

Kamida 25%

Kredit hisobidan harid qilinadigan asbob – uskunalarning kelib chiqish mamlakati:

Chegaranlamagan

Boshqa shartlar:

Atrof – muxit muxofazasi, sog’likni saqlash hamda havfsizlik yuzasidan qonunchilik va shartlarga mos kelishi.

Kredit olish uchun:

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:
0-800-1-200-200 
(O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul).