Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Agrokreditlar

 

KREDITNI MAQSADLI ISHLATISH YO'NALISHLARI:

 

  • Chorvachilikni barcha yo'nalishlari shu jumladan: Qoramolchilik, qo'ychilik, yilqichilik, parandachilik, baliqchilik, asalarichilik xamda quyonchilikni rivojlantirishga; 
  • Dexqonchilik va bog'dorchilikni barcha yo'nalishlari shu jumladan: Sabzavotchilik, polizchilik, uzumchilik, sholichilik, ko'chatchilik va urug'chilik, gulchilik maxsulotlarini yetishtirishga va rivojlantirishga;
  • Ipakchilikni rivojlantirishga;
  • Issiqxonalar tashkil etish xamda kerakli urug'lar va ko'chatlar, mineral ug'itlar, yoqilg'i moylash materiallari, elektr, gaz, suv xarajatlari, o'simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalarini sotib olishga va ularni xizmati uchun;
  • Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirishda zarur bo'lgan asbob-uskunalar sotib olish va ularni joriy ta'mirlashga;
  • Qishloq xo'jaligi ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga;
  • xamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta'qiqlanmagan qishloq xo'jaligi faoliyat turlarini rivojlantirish uchun ajratiladi.

  

 

QARZ OLUVCHILAR VA ULARGA QO'YILGAN TALAB

O'zbekiston Respublikasi rezidenti xisoblangan: 

  • Korxona va firmalar, shaxsiy yordamchi xo'jalik, fermer xo'jaliklari, oilaviy korxona va qo'shma korxonalar;
  • Jimoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan dexqon xo'jaliklari.
Ushbu yuqoridagi sub'ektlar bevosita qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish, qayta ishlash va xizmat ko'rsatish soxalarida kamida 6 oy ish faoliyatiga ega bo'lishi shart. Shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga agrokreditlarni xorijiy valyutada ajratish mumkin emas.

 

 

KREDITLASH SHARTLARI:
   
KREDIT VALYUTA TURI: Milliy valyuta so'm va AQSh dollari;
   
KREDIT MIQDORI: 1 milliard so'mgacha
   
KREDIT MUDDATI:
  1. Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun 3 oydan 24 oygacha.
  2. Boshqa maqsadlar uchun 3 oydan 60 oygacha.
   
KREDIT FOIZ STAVKASI: Shartnoma asosida belgilanadi;
   
KREDIT AJRATISH SHAKLI: Pul o'tkazish yo'li bilan;
   
IMTIYOZLI DAVR:
  • Kichik agrokreditlar uchun - ko'pi bilan 24 oygacha.
  • Mikro agrokreditlar uchun - ko'pi bilan 12 oygacha.
   
KREDITNI SO'NDIRISH TARTIBI: Oddiy, annuitet va loyixadan kelib chiqqan xolda boshqa shakllarda;
   

MIJOZNI LOYIXADAGI ULUSHI, KAMIDA:

Kamida 25%. Qarzdor o'z ulushi sifatida o'z aylanma mablag'lari, bino-inshootlari, mashina va uskunalari bilan ishtirok etishi mumkin.

 

 

 

 GAROV TA'MINOTI:

125% dan kam bo'lmasligi kerak.

Garov ta'minoti turlari: kuchmas mulk, transport vositasi va uskunalar, depozit mablag'i, uchinchi shaxs kafilligi.

 

 

KREDIT OLISH UCHUN KERAKLI XUJJATLAR:

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma) ga qo'shimcha quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Guvoxnoma nusxasi;
  • Shaxsini tasdiqlovchi xujjat - pasport nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati xamda pul oqimi prognozi kursatilgan Biznes reja;
  • Garov ta'minoti xujjatlari;
  • Kredit mablag'i o'tkazilishi kutilayotgan tovar (xizmat) va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi buyicha boshqa xujjatlar talab etilishi mumkin.

2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan kichik biznes sub'ektlari kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma) ga qo'shimcha quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Korxona Nizomi va ta'sis xujjatlari nusxasi;
  • Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tganligi uchun guvoxnoma nusxasi;
  • Litsenziya talab qiladigan faoliyat turi bo'lsa litsenziya nusxasi;
  • Oxirgi moliya yili uchun moliyaviy xisobot (balans, moliyaviy natijalar to'g'risidagi xisobot, debitor-kreditor qarzdorliklari tug'risidagi ma'lumotnoma) nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati xamda pul oqimi prognozi ko'rsatilgan Biznes reja;
  • Garov ta'minoti xujjatlari;
  • Kreit mablag'i o'tkazilishi kutilayotgan tovar (xizmat) va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa xujjatlar talab etilishi mumkin.

3. Jismoniy shaxslar kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanoma) ga qo'shimcha quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Pasport kseronusxasi;
  • Kredit ta'minoti bo'yicha bank kredit siyosatida belgilangan xujjatlar kseronusxasi;
  • Maxalla fuqarolar yig'inidan k/x bo'yicha ma'lumotnoma;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa xujjatlar talab etilishi mumkin.

 

KREDITNI RASMIYLASHTIRISH

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200

(O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul)