Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Biznesni rivojlantirish uchun kreditlar

 

 

 

MIKROKREDITNING USTUNLIK TOMONLARI:

  • Har qanday biznes maqsadlar uchun kredit ajratilishi;
  • Qulay kredit shartlari va tariflar;
  • Kreditlash muddatining uzoqligi;
  • Arizalarning tez ko‘rib chiqilishi;
  • Garov mulklarini baholashda mustaqil baholovchi dalolatnomasining talab etilmasligi; 
  • Garov mulklari bank xodimlari tomonidan bepul baholanadi; 
  • Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan mijozlar uchun keyingi kredit olishlarida qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

  

 

MIJOZLARGA QO'YILGAN TALABLAR

6 oydan kam bo‘lmagan miqdorda ish tajribasiga ega bo‘lgan to‘lovga qobiliyatli barcha kichik biznes sub'ektlari (Xususiy tadbirkor, mikrofirma, kichik korxonalar va boshqalar).

 

 

KREDITLASH SHARTLARI:
   
KREDIT MIQDORI: EKIHning 1000 barobarigacha;
   
KREDIT MUDDATI: - Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 18 oygacha,
- Asosiy vositalar sotib olish va investitsion loyihalarni moliyalashtirish - 60 oygacha;
   
IMTIYOZLI DAVR: 12 oygacha;
   
KREDIT VALYUTASI SHAKLI: Milliy valyuta va AQSh dollarida;
   
KREDIT FOIZ STAVKASI: Shartnomaga asosan;
   
KREDIT AJRATISH SHAKLI: Naqdsiz shaklda;
   
KREDITNI SO'NDIRISH SHAKLI: Annuitet (oyma-oy bir xildagi to‘lovlar) yoki loyihadan kelib chiqib boshqa shakllarda belgilanishi mumkin;
   
MIJOZNING LOYIXADAGI ULUSHI: Eng kamida 30%, ya’ni qarz oluvchi o‘z ulushi sifatida aylanma mablag‘lari, mulklari, uskunalari bilan qatnashishi mumkin.

 

 

 

 KREDIT TA'MINOTI TURLARI:

  • Trasport vositalari;
  • Ko‘chmas mulklar;
  • Uskunalar;
  • Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlar;
  • Boshqa likvidli mulklar.

 

 

KERAKLI HUJJATLAR:

        1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanomasi)ga qo‘shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Guvohnoma nusxasi;
  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati hamda pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;
  • Garov ta’minoti hujjatlari;
  • Bank talabi bo‘yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.

        2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan kichik biznes sub’ektlari kredit olish uchun taqdim etiladigan ariza (kredit buyurtmanomasi)ga qo‘shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  • Korxona Nizomi va ta’sis hujjatlari nusxasi;
  • Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  • Litsenziya talab qiladigan faoliyat turi bo‘lsa litsenziya nusxasi;
  • Oxirgi moliya yili uchun moliyaviy hisobot (balans, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, debitor-kreditor qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) nusxasi;
  • Kredit miqdori, maqsadi, muddati hamda pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;
  • Garov ta’minoti hujjatlari;
  • Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma;
  • Bank talabi bo‘yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.

 

KREDITNI RASMIYLASHTIRISH

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200

(O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul)