Shahringiz:

Aloqa Markazi

0 800 1-200-200
0 371 150-91-25

Tez kunda 3 ta yangi filialimiz ishga tushadi!



“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Farg'ona, Namangan va Urgut (Samarqand viloyati) shaharlarida o'zining yangi uchta filiallari ochilishini ma'lum qiladi. 

Farg'onadagi mintaqaviy filialimiz Farg'ona shahri, Murabbiylar ko'chasi, 41 uy manzilida, Namangandagi mintaqaviy filialimiz Namangan shahri, Amir Temur ko'chasi, 110 uy manzilida, Urgut filialimiz esa Samarqand viloyati, Urgut shahri, Navoiy chorrahasi 96 uy manzilida joylashadi.

Ushbu filiallar tomonidan mijozlarga to'liq ravishda xizmat ko'rsatilishi borasida keyinroq xabar beramiz, yangiliklarimizni kuzatib boring! “Hamkorbank” ATB ahil jamoasining bir qismiga aylanish istagida bo'lgan barcha xohlovchilar o'z rezyumelarini hr@hamkorbank.uz pochta manziliga, aynan qaysi filialda faoliyat yuritishni belgilagan holda yuborishlarini so'raymiz.