Muddatli

Daromad 20

  • 6 oy omonat muddati
  • 20% yillik foiz stavkasi
  • 2 000 000 so'm omonat miqdori

Omonatingizni daromadini hisoblang

* Diqqat, kalkulyator aniq hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
  • umumiy omonat miqdori
  • oylik daromad
  • 20%yillik foiz stavkasi

Oxirgi yangilanish sanasi: 03.03.2020 09:22

Omonat shartlari:

  • Omonatga qo’shimcha mablag’ kirim va qisman chiqim qilish mumkin emas
  • Omonat foizi har oy to’lanadi
  • Omonat hisobvarag’i 6 oydan avval yopilsa foiz to’lanmaydi
  • Agar omonat muddati tugaganidan so'ng mijoz omonat mablag'larini talab qilmasa, u holda shartnoma muddati uzaytirilgan deb hisoblanadi va mablag'lar qoldig'iga yillik 0.1% miqdorida ustama to'lanadi

Eslatma: uchinchi shaxslar zaruriy ma'lumotlarni ko'rsatgan holda, omonat hisobvarag'iga mablag’larni kirim qilishlari mumkin, agar omonat shartnomasida boshqa shartlar ko'zda tutilmagan bo'lsa.

Diqqat! Bank, omonat shartnomasida belgilangan shartlarni bir tomonlama tartibda o'zgartirishga haqli emas, agarda qonunda boshqa shartlar nazarda tutilmagan bo’lsa.

"Hamkorbank" o'z omonatchilariga bank siri to'liq ta'minlanishini va pul mablag'larining o'z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Shuningdek, Sizlarning omonatlaringiz O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprel kungi №360-II sonli "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini ximoyalash kafolatlari to'g'risida"gi Qonuniga asosan tashkil etilgan "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi" tomonidan himoyalangan.

Omonat xisobvarag‘i ochish

Bepul

Omonat hisobvarag‘iga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni kirim qilish

Bepul

Bosh bank va filial xodimlarining ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, mukofot pullari, moddiy yordam, pensiya hamda safar xarajatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni omonatdan naqd pulda chiqim qilish

Bepul

Boshqa xisobvaraqlardan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan mablag‘larni naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o‘tkazish

0,5%

Boshqa xisobvaraqlardan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan mablag‘larni naqd pulda chiqim qilish

1%

Bir filialda plastik kartalardan naqd pulsiz omonatga o‘tkazilgan mablag‘larni naqd pulda chiqim qilish

0.5%

Boshqa xisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni barcha omonat turlarida kamida 2 (ikki) oy to‘liq saqlangandan so‘ng naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda chiqim qilish

Bepul

Auksion savdolarda ishtirok etish uchun o‘tkazilgan mablag‘larni mijozga qaytarilishi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larni naqd pulda chiqim qilish

0,5%

Yangi ochilgan omonat hisobvaraqlari uchun, yozuv satrlari to‘lgan omonat daftarcha o‘rniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish

Bepul

Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan omonat daftarcha o‘rniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish

30 000 so'm

Omonatchiga, uning qonuniy vakiliga, merosxo‘rlariga va qonuniy vorislariga omonat xisobvarag‘i to‘g‘risida yozma ma’lumot berish

50 000 so'm

Jismoniy shaxslardan qabul qilingan bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish*

0,5%

* Soliq to‘lovlari uchun mablag‘lar o‘tkazilganda va kredit to‘lovlari uchun nakd topshirilgan mablag‘larni (“Hamkorbank” ATB tizimida) bir filialdan boshka filialga o‘tkazilganda - Bepul.

HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.