mc.yandex.ruyandex

“BankExpo-2015” mintaqaviy koʻrgazmasining eng faol ishtirokchisi

13 / 03 / 2015

BankExpo-20152015-yilning 12–13-mart kunlari “Koʻrgazmasavdomarkazi” binosida bank xizmatlari, texnologiyalari va jihozlarining VIII an’anaviy milliy koʻrgazmasi – “BankExpo-2015” boʻlib oʻtdi.


Koʻrgazma Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Axborot va kommunikatsion texnologiyalar masalalari boʻyicha qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzbekiston banklari uyushmasi va Respublika axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi rasmiy koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etildi.


Koʻrgazmada Oʻzbekistonning barcha tijorat banklari, jumladan, Xorijiy kapital ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB ham ishtirok etib, u bank-moliya sohasidagi eng yangi texnologiyalar va xizmatlarini namoyish qildi.


Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun «Hamkorbank» ATB bank faoliyati haqida, shu jumladan, mobayl-banking, deposit bank yacheykalari kabi yangi xizmatlar, shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etishda innovatsion yechimlar haqida taqdimot oʻtkazdi.


Koʻrgazma doirasida “Hamkorbank” ATB kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, ishlab chiqarish mikrofirmalari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, uzoq va aholi zich yashaydigan tumanlarda istiqomat qiluvchi, aholi bandligini ta’minlash boʻyicha loyihalar tanlovi gʻoliblari boʻlmish yangidan ish boshlayotgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar olish huquqini beruvchi sertifikatlarni topshirdi.


 “BankExpo-2015” natijalariga koʻra “Hamkorbank” ATB “BankExpo-2015 mintaqaviy koʻrgazmasining eng faol ishtirokchisi” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play