mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATB “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi ishtirokchisi

11 / 06 / 2015

5 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan Halqaro biznes markazida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi hamda Jahon bankining qo'shma “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining amalga oshirilishi muddatining yarmi yakunilariga bag'ishlangan hisobot taqdimoti bo'lib o'tdi.


Konferensiyada O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Galina Saidova, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Djunghun Cho, mahalliy idoralar va yuqori samaradorli uskuna va texnologiyalarni O'zbekistonda joriy etayotgan bir qator tashkilotlar rahbarlari hamda resurs va energiya samaradorligini oshirishga bag'ishlangan loyihalarni moliyalashtirishga qiziqishlarini bildirgan O'zbekistonning bir qator tijorat banklari rahbarlari qatnashdilar.


Loyihaning asosiy maqsadi sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqarish va joriy etishdan iboratdir. Loyihani amalga oshirish 2018 yilning yanvar oyigacha davom etishi ko'zda tutilgan.


“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining birinchi bosqichi 2011 yilda boshlanib, uni amalga oshirish maqsadida Jahon Bankining Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi 25 mln AQSh dollari ajratgan. Bugungi kunda loyihaning ikkinchi bosqichi davom etyapti va umumiy kredit miqdori 100 mln AQSh dollarini tashkil etadi.


 Taqdimot dasturida qatnashchilar va mehmonlar birinchi o'rinda loyihaning birinchi bosqichi natijalari bilan tanishib, turli tarmoqlarda energiya samaradorligini yanada oshirishning istiqbolli yo'nalishlarini ko'rib chiqish va sanoat korxonalariga resurslardan samarali foydalanish yo'nalishida ko'maklashish yo'llarini muhokama qilishga imkoniyat yaratilgan.


O'zbekistonning bir qator yirik korxonalarining rahbarlari hisobot va takliflarini taqdim etishdi. Loyiha jarayonida kredit olgan Navoiy KMK, “O'zmetkombinat” AIB va “Navoiyazot” AJ hamda boshqa korxona va uyushma rahbarlari o'zlarining ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy qilish tajribalari bilan o'rtoqlashishdi. Korxonalarda energiya auditini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Qatnashchilar energiya samaradorligi va resurs tejamkorligining ahamiyati haqidagi xabardorlikni oshirish masalalariga alohida e'tibor berishdi.


 “Hamkorbank” ATB loyihada bevosita qatnashayotgan bank sifatida ushbu anjumanda ishtirok etdi va anjuman ishtirokchilari bilan o’zining bu sohadagi tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.


Loyiha shu kunga qadar respublika bo'yicha 145 mln kVt/s elektr energiyasi va 40 mln kub. m. tabiiy gazni tejalishini ta'minlagan bo'lib, ushbu ko'rsatkichlarni tegishli ravishda 550 mln va 168 mlnga chiqarish ko'zda tutilganligi konferentsiya yakunida ta’kidlab o’tildi. 




"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play