mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATB – “Mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha eng yaxshi bank”

04 / 02 / 2015

2015 yil 4 fevral kuni «Hamkor» biznes markazi binosida BankExpo-2015 mintaqaviy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Andijon viloyat Bosh boshqarmasi va Andijon viloyat hokimiyati koʻrgazmaning tashkilotchilari boʻldilar.


Koʻrgazmada Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan 13 ta bankning stendlari tashkil etilgan edi. Koʻrgazmaga biznes sektor, fermerlar va dehqon xoʻjaliklarining 300 dan ortiq vakillari, shuningdek, kollej bitiruvchilari tashrif buyurishdi.


Koʻrgazma doirasida konferensiya tashkil etilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili bank-moliya sektorining ustuvor yoʻnalishlari, bitiruvchilarni kreditlash tamoyillari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, kollej bitiruvchilari oʻzlarini qiziqtirgan mavzular boʻyicha savollar bilan Markaziy bank va boshqa tijorat banklari vakillariga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.


Koʻrgazma natijalariga koʻra “Hamkorbank” АTB “Mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha eng yaxshi bank” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.


Фотокристал

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play