mc.yandex.ruyandex
Bank sektorini transformatsiyasi

Bank sektorini transformatsiyasi

10 / 01 / 2020

Joriy yilning 8 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tashkil etilgan "Bank sektorini transformatsiyasi" mavzusidagi konferensiyasida Hamkorbank vakillari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida bank qonunchiligidagi yangiliklar, hukumatning bank tizimini modernizatsiya qilishga yo'naltirilgan echimlari va banklarni raqamli transformatsiyasi muhokama qilindi.

O'z navbatida Hamkorbank Boshqaruvi Raisining o'rinbosari Alisher Ergashev Hamkorbank masofadan turib xizmat ko'rsatishga alohida e'tibor berilishini va yaqin orada jismoniy shaxslar mobil ilovasini va yuridik shaxslar uchun Internet-banking tizimini to'liq yangilashni rejalashtirganligini ta'kidladi.

Transformatsiya odatda, xizmatlarning to'liq turini taqdim etmaydigan minibanklarni ham o’z ichiga oladi. 2020 yil davomida Hamkorbank minibanklarga aholiga e’tibor qaratib, ham tadbirkorlik subyektlariga ham aholiga bank xizmat ko'rsatish markazlariga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Umuman olganda, "Bank sektorini transformatsiyasi " mavzusidagi tadbir va hamkasblar bilan tajriba almashish, yangi xizmat turlarini ko'paytirish va O'zbekiston bank sektorini tez sur'atlar bilan o'zgartirishga yangi turtki bo'lishi kerak.

Tadbirga OAV vakillari va bloggerlar ham taklif qilindi, ular o'z navbatida bank vakillariga to'g'ridan-to'g'ri savollar berish imkoniyatiga ega bo'ldilar va batafsil javoblar oldilar.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play