mc.yandex.ruyandex

Dunyo sari yuz tutayotgan bank

21 / 10 / 2014

Dunyo sari yuz tutayotgan bankSamarqand shahridagi "Registon Plaza" mehmonxonasida yangi maqomga ega xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki "Hamkorbank" tashabbusi bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bank mas'ullari, mijozlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokidagi anjumanda "Hamkorbank" va Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) o'rtasida imzolangan shartnomalarning mazmun-mohiyati xususida muhokamalar yuritildi.
Bankning Biznesni rivojlantirish departamenti direktori Aziza Ibragimovaning ta'kidlashicha, Gollandiya Taraqqiyot banki nafaqat hamkor, balki aksiyador sifatida ham bank rivojida alohida xizmat qiladi. Ular ko'rsatayotgan texnik yordam tufayli bank resurs bazasi kengayib, halqaro tajribalarni qo'llash va amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Qayum Sobirov, Oliy Majlis Senati a'zosi Farmon Toshevlar so'z olib, chet el banklari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalarning kiritilishi va yangi moliyaviy loyihalarning amalga oshirilishi "Hamkorbank"ning institusional rivojlanishiga katta hissa qo'shishi, xususan, kichik biznes sub'ektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratishini e'tirof etishdi. Bank o'z mijozlari, omonatchilari va aksiyadorlari manfaatlarining yuqori darajada bo'lishiga harakat qilayotganini ta'kidlashdi.
Anjumanda, samarqandlik tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda jurnalistlarning zamonaviy texnologiyalar yordamida mijozlarga masofadan bank xizmatlarini ko'rsatish, hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish, taqdim etilayotgan turli interaktiv xizmatlardan internet tarmog'i orqali foydalanish bo'yicha taklif va mulohazalari tinglandi.Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.



Bank Axborot xizmati









O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play