mc.yandex.ruyandex
“Global money week” bilan moliyaviy bilimlarni egallash juda oson!

“Global money week” bilan moliyaviy bilimlarni egallash juda oson!

16 / 05 / 2022“Nima uchun pullarni banklarda saqlash xavfsiz va samarali?” “Global money week” haftaligi doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. 

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar darsni noan’anaviy usulda tashkil etishlari, mavzuni o‘z predmetlariga integrasiya qilishlari va belgilangan vaqt mobaynida o‘quvchilarga ko‘proq bilim va ko‘nikma berishlari talab etilgan.

Darslarning sifatli tashkil etilishi uchun Hamkorbankning malakali mutaxassislari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi. Tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Hamkorbank” ATB  birgalikda tashkil etgan “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovida jami 15 ta maktabning o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Pullarni banklarda saqlashning o‘ziga xos afzalliklarini muvaffaqiyat bilan yoritib bergan ustozlar g‘oliblar qatoridan joy oldi. 

1-o‘rin — Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida joylashgan 73 DIUMning matematika fani o‘qituvchisi Z.Xojimatovaga,
2-o‘rin — Baliqchi tumanidagi 38 maktabning matematika fani o‘qituvchisi Z.Qo‘chqarovga,
3-o‘rin — Jalaquduq tumanidagi 1 maktabning matematika fani o‘qituvchisi N.Madaminovaga nasib etdi. 

Hakamlar hay’ati tomonidan shuningdek, Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan 40, 43,  45 hamda Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan 25 umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan ochiq darslar ham alohida e’tirof etildi. 

Gʻolib va sovrindorlarning barchasiga Hamkorbankning diplomi, 1-o‘rin sohibiga “Lenovo” noutbuki, 2-o‘rin sohibiga “Artel” televizori, 3-o‘rin sohibiga “Lenovo Tab” plansheti tantanali ravishda topshirildi. 

Yana 4 nafar ustozning mehnati qadrlanib, ularga bankning maxsus esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play