«Hamkorbank» ATB Agentliklar o’rtasida temir yo’l poyezdlarining vagonlarida videoroliklarni translyatsiya qilish uchun tanlov e’lon qiladi

10 / 01 / 2023

Yetkazib beruvchilar uchun talablar:

  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bilan kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo’lishi;
  • O’zbekiston Respublikasi bo`ylab videoroliklarni joylashtirish imkoniyati.

Zaruriy hujjatlar:

  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bilan o’zaro shartnoma;
  • Reklama faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Tanlov shartlari:

  • Reklama roliklari ovozli tarzda va uzulmasdan, bir vaqtning o’zida barcha vagon va monitorlarda efirga uzatilishi;
  • Agentlik taqdim etilgan materiallarni efirga uzatilishini nazorat qilib borishi va bir oyda bir marotaba fotohisobotni taqdim qilishi yoki buyurtmachining so’roviga ko’ra hisobot berish;
  • Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
  • Ma`lumot tijorat taklif mazmunida bo`lib, taklif qilinayotgan xizmat haqida qisqa izoh berilishi so`raladi;
  • Yuborilgan ma`lumot mavzusi “Temiryo’l-videoroliklar” deb ko`rsatilishi kerak.

Takliflarni jo`natishning oxirgi muddati: 2023 yil 23 yanvar.

To`lov valyutasi: Milliy valyuta so’m.

Muloqot qiluvchi shaxslar:

Telefon: 0-800-1-200-200, 1256   ichki: 1221

Videoroliklar bo`yicha savollar: Azizbek Qayumov. Ichki telefon: 1179

Texnik topshiriq


HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.