mc.yandex.ruyandex

«Hamkorbank» АTB Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasining muntazam a’zosiga aylandi

23 / 02 / 2015

 


«Hamkorbank» АTB Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasining muntazam a’zosiga aylandi


Xorijiy kapital ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik-tijorat banki Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasining a’zosiga aylandi (Association for Central and Eastern Europe – BACEE). BACEE 1996-yilda  uyushma a’zolari boʻlmish banklar hamda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi moliyaviy muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish va kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.


Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma «Hamkorbank»  ATB Boshqaruvi Raisi O. Toʻrajonova hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklari Uyushmasi Bosh kotibi janob I. Lendyel tomonidan imzolandi.


Mazkur toifadagi a’zolar a’zolik huquqlarining hammasidan foydalanadilar. Ular BACEE tadbirlarida ishtirok etishlari, axborot olishlari mumkin va h.k. Muntazam a’zolar Umumiy majlisda ovoz berish huquqiga egalar (xuddi toʻlaqonli a’zolar kabi bankdan 1 ovoz).


BACEEga a’zolik xorijiy banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro bozorlarga chiqish, jahon tajribasidan bahramand boʻlish, yangi bank mahsulotlari va texnologiyalarini ilgari surish sari intiluvchi, yaxshi obroʻ-e’tiborga ega barcha banklar uchun ochiqdir. Uyushma a’zolari boʻlmish banklar uning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladilar.


Uyushmaning bankka taklif etadigan xizmatlari Bank xorijiy bozorlarga chiqishiga koʻmaklashish, xorijiy banklar-hamkorlar, kreditorlar va potensial investorlarni topishda yordam berish, kredit liniyalarini jalb etish va moliyalashtirish imkoniyatlarini qidirish, Oʻzbekistonda turli seminarlarni tashkil etish, shuningdek, bank vakillarini uyushma tomonidan tashkil etiladigan professional tadbirlarga taklif etishdan iborat. Masalan, joriy yil  aprel oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtkaziladigan BACCEning 30 yillik yubiley bank konferensiyasida bank vakillari ishtirok etishsi koʻzda tutilmoqda.


Hujjatlarni imzolash marosimida uyushma tomonidan Markaziy va Sharqiy Yevropa banklari, bank mahsulotlari texnologiyalari, bank marketingi, bank biznesi uchun strategiya va boshqaruv qarorlari boʻyicha soʻnggi ishlanmalar haqidagi axborotning muhim manbasi hisoblanmish betakror ma’lumotlar bazasi tashkil etilganligi ta’kidlandi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play