mc.yandex.ruyandex

«Hamkorbank» ATB xalqaro pul o'tkazmalari tizimidan yangi imkoniyatlar

02 / 12 / 2015

Joriy yilning boshida «Hamkorbank» ATB va Rossiyaning «MBA-Moskva» banki o’rtasida «IBA-EXPRESS» xalqaro pul o'tkazmalari yo’nalishida hamkorlik yo’lga qo’yilgan edi. O’tgan davr davomida hamkorlik yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo’lib xozirda ushbu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni ortib bormoqda. Bunga ushbu tizimda yaratilgan bir qancha afzalliklar sabab bo’lmoqda:



  • Pul jo’natilgandan so’ng 15-20 daqiqada olish mumkin;

  • Jo’natma uchun xizmat haqqi 1% dan boshlanadi (eng kam xizmat haqqi 3 AQSH dollari/ Evro, 90 rubl);

  • Rossiyadagi «MBA-MOSKVA»ning bo’linmalaridan hamda Ozarbayjon, Gruziya, Qirg’iziston, Tojikistondagi hamkor banklarning bo’linmalaridan pul jo’natish va qabul qilib olish mumkin.


Bugungi kunda «Hamkorbank» ATB  jismoniy shaxslarning xalqaro pul o'tkazmalarini amalga oshiruvchi ko'plab xorijiy to'lov tizimlari bilan hamkorlik qilmoqda va tizimlar soni 10taga yetkazilgan. Bank mijozlarga hizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash bo’yicha doimiy ish olib bormoqda. Jumladan, mijozlarga elektron navbat orqali hizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu o’z navbatida navbat tashkil etilishini zamonaviy yuqori tartibli usullarini qo’llash imkoniyatini beradi va natijada mijozlarni kutish vaqti tejaladi. Bankning barcha filiallari doimiy ravishda yetarli miqdorda naqd chet el valyutasi bilan ta’minlanmoqda.


Bank bo’linmalarida jismoniy shaxslarning xalqaro pul o'tkazmalari hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi hamda fuqarolarga kelgan valyuta mablag’larini to’lab berishda hech qanday qo’shimcha  xizmat haqqi olinmaydi. Pul o’tkazmasini chet elga jo’natishda to'lov tizimlari agentlari bilan tuzilgan kelishuvga asosan, mijoz tomonidan belgilangan tartibda chet el valyutasida xizmat haqqi to’lanadi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play