mc.yandex.ruyandex

"Hamkorbank": yangi maqom bilan istiqbol sari

28 / 10 / 2014


Toshkent shahridagi "Poytaxt" biznes markazida "Hamkorbank" aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlari safiga Gollandiya taraqqiyot banki (FMO)ning kirishi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda Bank boshqaruvi a'zolari, Halqaro Moliya korporasiyasi (IFC), Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) vakillari, bank mijozlari va markaziy ommaviy axborot voistalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni "Hamkorbank" Boshqaruvi raisi Olmaxon Turajonova kirish so'zi bilan ochdi. Ta'kidlanganidek, Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) tomonidan "Hamkorbank" kapitaliga investisiya kiritilishi bankning institusional rivojlanishiga katta hissa qo'shishi bilan birga, respublikamizdagi kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda mustaqillik yillarida jozibador investision muhit shakllantirilib, qonunchilik asosida chet el investorlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng imtiyozlar tizimi, jumladan, kafolat va preferensiyalar yaratildi. Bu esa, xorijiy sarmoyadorlarning yurtimizga bo'lgan qiziqishini oshirishda muhim omil bo'lmoqda.
- Mazkur imzolangan shartnoma Gollandiya taraqqiyot bankining kelgusida nafaqat hamkor, balki aksiyador sifatida ham bank rivojiga alohida xizmat qilishini huquqiy kafolatlaydi, - deydi bankning Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi moliya institutlari bilan ishlash bo'yicha bosh menejeri Xenk Nijland. - Xususan, Gollandiya taraqqiyot banki tomonidan ko'rsatilgan texnik yordam "Hamkorbank"ning resurs bazasini kengaytirish bilan birga, bank uchun xalqaro tajribalarni joriy qilishda ham yaqindan ko'maklashishni ko'zda tutadi. Shuningdek, xorijiy investorning "Hamkorbank" ustav kapitalidagi ishtiroki bankning xorijiy kapital ishtirokidagi bank maqomiga ega bo'lishini ta'minlaydi.
Bankning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligining asosiy maqsadi esa mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali yangi ish o'rinlarni yaratishdan iboratdir.
Endilikda "Hamkorbank"ning to'liq nomlanishi yangi maqomga ko'ra, Xorijiy kapital ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik-tijorat banki sifatida o'z faoliyatini davom ettiradi. Anjuman davomida jurnalistlar va tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga "Hamkorbank" Boshqaruvi a'zolari va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi.


Bank Axborot xizmati

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play