mc.yandex.ruyandex

Hurmatli aksiyadorlar!

30 / 12 / 2021

Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini  ma’lum qiladi:


Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan Chet el kapitali ishtirokidagi " Hamkorbank " aktsiyadorlik tijorat banki 2022 yil 25 yanvar kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan "Hamkorbank" Bosh ofisi binosida aktsiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi.


Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.


Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aktsiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 29 dekabr. 


Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan Aktsiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 19 yanvar.



Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

  1. Bank Kengash a’zosining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida.
  2. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash.




Aksiyador - yuridik shaxs aktsiyadorlarning navbatlan tashqari yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aktsiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan, raxbar imzosi bilan tasdiklangan hamda muxr izi qo‘yilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.



Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.



"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.Telefon raqam: (78) 298-04-33.



"Hamkorbank" ATB Kengashi



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play