Hurmatli mijozlar!
02 / 04 / 2020Mijozlarimiz sog‘ligiga xavf tug‘dirmaslik maqsadida va joriy etilgan karantin rejimi tufayli bankimiz ofislari ish rejimidagi o‘zgarishlarni e’tiboringizga havola etamiz:⠀
- Bank filiallari cheklangan xodimlar soni bilan haftaning dushanba kunidan juma kunigacha soat 9.00 dan 17.00 chaga xizmat ko‘rsatmoqda.⠀
- Barcha minibank va bank xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatish 01.04.2020 yil kunidan boshlab vaqtinchalik to‘xtatildi.
Bank filiallariga maksimal darajada tashrif buyurmaslikni, hamda masofaviy xizmatlardan (Hamkor Mobile ilovasidan va Internet banking tizimidan) foydalanishni tavsiya etamiz. Barcha kerakli xizmatlar masofadan taqdim etilmoqda.
⠀
Bank xizmatlari bilan bog‘liq savollarga javobni 0 800 1 200 200 telefon raqami, @ConsultHamkorbankBot Telegram bot va www.hamkorbank.uz veb-sayt orqali olishingiz mumkin.
⠀
Hamkorbank barchangizga salomatlik tilaydi, o‘zingizni ehtiyot qiling!