mc.yandex.ruyandex

Hurmatli aksiyadorlar

26 / 09 / 2018

O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Bobur shox ko'chasi 85-uy manzilida joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz), Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki, Sizga 2018 yil 04 oktyabr kuni soat 10-00 da Andijon shahri, Bobur shox ko'chasi, 85-uy (Bank binosi)da “Hamkorbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lishi haqida ma'lum qiladi. 


Umumiy yig'ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro'yxati 2018 yil 27 sentyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.


Aksiyadorlarning umumiy yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish 2018 yil 04 oktyabr kuni soat 09-00 da boshlanib soat 10-00 gacha davom etadi.




Sizga umumiy yig'ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganligini ma'lum qilamiz: 


1. Bank kengashining yangi tarkibini saylash to'g'risida.


2. Bank aksiyalarini maydalash to'g'risida.


3. Bankning e'lon qilingan aksiyalarining eng ko'p miqdorini belgilash to'g'risida.


4. Bankning 2017 yil yakunlari bo'yicha olingan sof foydaning bir qismini bankning ustav kapitalini oshirishga yo'naltirish to'g'risida.


5. Bankning ustav kapitalini ko'paytirish masalalarini, shuningdek Bank ustaviga Bankning ustav kapitalini ko'paytirish hamda Bankning e'lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog'liq o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qarorlar qabul qilish vakolatini Bank kengashiga berish to'g'risida.


6. Bank ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida.


7. Bankning yangi tarkibiy tuzilmasini tasdiqlash.


 


Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish davrida Siz aksiyadorlar umumiy yig'ilishining materiallari (axborotlari) bilan “Hamkorbank” ATBda tanishishingiz mumkin. 


Umumiy yig'ilishda qatnashish uchun aksiyadorlar o'zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play