mc.yandex.ruyandex

Hurmatli aksiyadorlar

08 / 09 / 2018

Andijon shahar, Bobur shox ko'chasi, 85-uy manzili bo'yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki 2018 yil 18 sentyabr kuni soat 14.00 da Toshkent shahar, Muqumiy ko'chasi, 44A-uyda joylashgan "Hamkorbank" ATB binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazadi. 


Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 13.00 da boshlanadi.


Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qilish uchun Aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2018 yil 05 sentyabr.


Aktsiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan Aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2018 yil 12 sentyabr.


 


Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibi:


1. E'lon qilingan aktsiyalar miqdorini belgilash


2. Bankning chiqarib joylashtirilgan aksiyalarini maydalash


3. Bankning ustav kapitalini oshirish, bank ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, bankning ustav kapitalini oshirish bilan bog'liq e'lon qilingan aksiyalar miqdorini kamaytirish masalalarda bank Kengashiga vakolat berish


4. Bank ustaviga o'zgartirishlar kiritish


5. Bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ustav kapitalini oshirish uchun mablag' ajratish


6. Bank Kengashi a'zolarining yangi tarkibini saylash


7. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash


 


Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy navbatdan tashqari yig'ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish xuquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro'yxatdan o'tish vaqtida o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart. 


Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa xujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lishi shart. 


"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig'ilishini o'tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin.Telefon nomer (0374) 298-04-33.


 


“Hamkorbank” ATB Kengashi

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play