mc.yandex.ruyandex

IFC O'zbekistonda agromoliyalashtirishni kengaytirishga ko'mak bermoqda

22 / 01 / 2015

Jahon bankining Guruhi O'zbekiston banklariga ularning agromoliyalashtirish sohasidagi faoliyatini kengaytirish va mahalliy firma hamda agrokorxonalarga yanada sifatli va hilma-hil moliyaviy xizmatlarni ko'rsatishni yo'lga qo'yish borasida ko'mak bermoqda.


Mazkur yo'nalishda Jahon banki Guruhining a'zosi hisoblanmish Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) «Hamkorbank» ATB vakillari uchun ikki kunlik seminar tashkil qildi. Mazkur tadbir agrobiznes uchun lizing bo'yicha operatsiyalarning amaliy jihatlariga bag'ishlangan bo'lib, agrobiznes uchun lizing kontraktlari va xuddi shunday lizing bitimlari bilan bog'liq bo'lgan xatarlarni moliyaviy tahlil etish bo'yicha sessiyalarni o'z ichiga oladi.


Qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi, sababi mamlakat aholisining yarmi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ular fermerlik faoliyati yoki mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liqdir. Hozirgi ko'nda fermerlar va agrokorxonalarda moliyaviy mablag'larga talab-ehtiyoj katta, shu bilan birgalikda bozorning mazkur yirik segmentiga xizmat ko'rsatish uchun moliyaviy sektordagi malaka va dastaklarni yanada rivojlantirish uchun ehtiyoj ham mavjud.


«Hamkorbank» ATB Boshqaruvining raisi Olmaxon To'rajonova ta'kidlashicha: «Biz IFC bilan uzoq muddatli hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz, u bankimizning qishloq xo'jaligi kreditlari portfelini birmuncha kengaytirishimizga yordam berdi. Biz O'zbekiston fermerlari va agrokorxonalariga taqdim etilayotgan xizmatlarimizni kengaytirish va diversifikatsiya qilish bo'yicha sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz».


Mazkur o'quv dasturi «Hamkorbank»ga uning agrobiznes sohasidagi operatsiyalari portfelini kengaytirishga qaratilgan bo'lib, u sohada lizing operatsiyalarini o'z ichiga olgan va mustahkamlagan, - dedi IFCning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Hoshimov. – «Hamkorbank» singari banklarni qo'llab-quvvatlar ekan, IFC fermerlar va agrokorxonalarning moliyaviy mablag'larni olishga bo'lgan imkoniyatini yaxshilaydi».


Ushbu tashabbus Jahon banki va IFCning moliyalar va bozorlar bo'yicha hamkorlikdagi Global guruhi doirasida amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda agromoliyalashtirishni rivojlantirish loyihasining bir qismi hisoblanib, u Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston va O'zbekistondagi moliya muassasalari, agregatorlar va fermerlar uchun qishloq xo'jaligi sektorini moliyalashtirish bo'yicha dastaklar va o'quv dasturlari majmuasini ishlab chiqishga qaratilgandir. Loyiha Avstriya federal moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.


Moliyalar va bozorlar bo'yicha global guruhning maqsadi mamlakatlarga mustahkam, diversifikatsiyalangan, samarali va barqaror moliyaviy tizimlarni tashkil etishga ko'maklashishdan iborat bo'lib, bu tizimlar iqtisodiy o'sish, insonlarning turmush darajasini va umumiy farovonlikni oshirish uchun o'ta muhimdir. Global guruh davlat va xususiy sektor talab-ehtiyojlariga moslashgan taraqqiyot muammolarini hal etish uchun mo'ljallangan bo'lib, u Jahon banki Guruhining barcha moliyaviy, konsalting va safarbarlik xizmatlarini mijozlar manfaati uchun jalb etadi. Shu o'rinda Guruh Jahon bankining keng moliyaviy jamoasi (IFC, JB, JB va IFCning investitsiyalarni kafolatlash va G'aznachilik bo'yicha keng tarmoqli agentligi) bilan nafaqat hamkorlik qiladi, boshqa barcha Global va majmuaviy guruhlar uchun muvofiqlashtiruvchi sifatida ishtirok etadi.


Jahon banki va IFCning hamkorlikdagi guruhi sifatida moliyalar va bozorlar bo'yicha Guruh Jahon bankining bilimlari, moliyaviy resurslarini (qarzlar, kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish mahsulotlari) hamda boshqa hamkorlarni jalb etish va IFCning konsalting faoliyatini davlat sektori darajasida birlashtiradi, bundan ikki maqsad - insonlarning turmush darajasini oshirish va umumiy farovonlikni qo'llab-quvvatlash uchun taraqqiyot, o'z mijozlarimiz va insoniyat rivojlanishi uchun yagona qarorlar majmuasini hal etadi.


Ayni vaqtda mazkur moliyaviy qarorlar majmuasi 10 mlrd. dollardan ortiq joriy majburiyatlar va rejalashtirilgan loyihalar bo'yicha majburiyatlarni o'z ichiga oladi. Global guruhda bilimlarni berish bilan bog'liq qariyb 400 yo'nalishdagi faoliyatni o'z ichiga oluvchi joriy portfel mavjud, IFCning (73 mln. dollargacha xarajatlari bilan) va 98 ta konsalting xizmatlari (136 mln. dollarga baholangan).


“Hamkorbank” ATBning Toshkentdagi vakolatxonasida markaziy ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan matbuot brifingida ana shu jihatlar atroflicha muhokama etilib, jurnalistlar bu yo'nalishdagi o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.


“Hamkorbank” Axborot xizmati


 

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play